Page 81 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 81
Tizimli xatolar - muayyan omilning faqat bitta yо‘nalishdagi doimiy ta’siri
natijasida yuzaga keladi. Masalan, unumdorlik jihatdan bir jinsli bо‘lmagan
maydonda tajriba о‘tkazilganda, tuprog‘i unumdor bо‘lakdagi hosildorlik boshqa
variantlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori bо‘ladi. Sistematik xatolarning
о‘ziga xos xususiyati - bitta yо‘nalishda ta’sir etishida, ya’ni olinadigan natijalarni
ijobiy yoki salbiy tomonga о‘zgarishidadir. Sistematik xatolarda, tasodifiy
xatolardan farqli о‘laroq, sharoit yoki omillarning ta’siri о‘z-о‘zidan susaymasdan,
aksincha, ortib boradi.
Dala tajribalari oldiga qо‘yiladigan talablarning buzilishi natijasida qо‘pol
xatolar yuzaga keladi. Masalan, tadqiqotchi yanglishib о‘g‘itsiz (nazorat) variantga
о‘g‘it berdi yoki hosilni hisob-kitob qilish chog‘ida navlar yoki tajriba variantlarini
adashtirib qо‘ydi deylik (bu odatda, tadqiqotchining ishga sovuqqonligi natijasida
xaltachalarga nav, variant va takrorlik raqamlarini yozib qо‘ymagan hollarda sodir
bо‘ladi). Bunday sharoitda yо‘l qо‘yilgan xatoni “tuzatib bо‘lmaydi”, variant,
takrorlik, ba’zi hollarda tajriba natijalarini tо‘laligicha bekor qilishga tо‘g‘ri keladi.
Dala tajribalarining natijalar sistematik va qо‘pol xatolardan holi
bо‘lgandagina matematik ishlanadi va muayyan xulosalar chiqariladi.
3.5. Dala tajribalarining turlari
Maqsadi, о‘tkaziladigan joyi, tajribaning davomiyligi, bо‘lmalarning katta-
kichikligi va boshqa kо‘rsatkichlariga kо‘ra dala tajribalari bir nechta turga
bо‘linadi.
О‘tkazilish sharoitiga kо‘ra dala tajribalarini ikkita guruhga bо‘lish mumkin:
maxsus ajratilgan maydonlarda;
ishlab chiqarish sharoitlarida о‘tkaziladigan dala tajribalari.
Birinchi kо‘rinishdagi dala tajribalarida asosiy omillar va agrotexnikaviy
tadbirlarning qishloq xо‘jalik ekinlariga kо‘rsatadigan ta’siri alohida ajratilgan,
ma’lum kattalikdagi maydonlarda о‘rganiladi va chiqariladigan xulosalar asosida
beriladigan tavsiyalar shu tuproq - iqlim sharoitlarining о‘zida qо‘llaniladi.
81