Page 77 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 77
B.A.Golubev kо‘p sonli mualliflarning ma’lumotlarini umumlashtirib,
о‘g‘itlanmagan maydonlar tuproqlari tarkibidan bir yil davomida 12,8 kg azot, 1,2
kg fosfor, 27,4 kg kaliy, 51,4 kg oltingugurt, 46,8 kg kalsiy, 32 kg magniy va 46,8
kg SiO 2 yuvilishini ta’kidlaydi.
3-Amaliy mashg‘ulot. Dala tajribasi sxemalarini tuzish va joylashtirish;
aniq о‘lchovlar bо‘yicha
Dala tajribalarining о‘ziga xos tomonlaridan biri о‘simliklarni tuproq, iqlim
va agrotexnikaviy unsurlar majmuida о‘rganilishidir. Shu sababdan dala tajribalari
oldiga qator uslubiy talablar qо‘yiladi va ulardan eng asosiylari sifatida
qо‘yidagilarni keltirish mumkin:
tajribaning tipikligi;
bitta belgi bilan farqlanish prinsipi;
tajribaning maxsus ajratilgan maydonlarda о‘tkazilishi;
hosilni hisobga olish va tajribaning haqqoniyligi.
3.1. Tajribaning tipikligi.
Tajriba natijalarini aynan u о‘tkazilgan joyning о‘zida qо‘llanilishiga
tajribaning tipikligi deyiladi. Ayrim hollarda tipiklik tajribaning reprezentativligi
degan ibora bilan ham ifodalanadi.
Tadqiqotlarda, tabiiy, tashkiliy-xо‘jalik va agrotexnikaviy sharoitlarga
nisbatan tipiklik farqlanadi.
Dala tajribalarini о‘tkazishda tuproq-iqlim sharoitlari muhim ahamiyat kasb
etadi. Bu о‘z navbatida tadqiqotlar qaysi tuproq tipida bajarilgan bо‘lsa, olingan
natijalar ham faqat shu tuproqlar tarqalgan hududlarda qо‘llanilishi lozimligini
taqazo qiladi. Tо‘q tusli bо‘z tuproqlar sharoitida о‘tkazilgan tajribalarning
natijalari Mirzachо‘l tuproqlari yoki gidromorf tuproqlar tarqalgan xо‘jaliklar
uchun tavsiya qilinsa, dala tajribalari oldiga qо‘yiladigan birinchi talab qо‘pol
ravishda buzilgan hisoblanadi.
77