Page 63 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 63

Ma’lumki,  Mitcherlix  idishlarida  sug‘orish  TNSni  hisobga  olmagan  holda,

                  idish tubidan suv oqib chiqqunga qadar davom ettiriladi.

                        Vagner  idishlarida  beriladigan  suv  miqdori  quyidagi  kо‘rsatkichlar  asosida

                  hisoblab topiladi: 1)       idishning og‘irligi (drenaj va nay bilan); 2)   mutlaq

                  quruq tuproq massasi; 3) suv; 4) qum miqdori; 5) idishga о‘rnatilgan sinch(karkas)

                  og‘irligi; 6)  idish sirtiga о‘ralgan g‘ilof og‘irligi.

                        Misol:  tuproqning  idishlarga  solish  oldidan  tо‘la  nam  sig‘imi  50%,

                  boshlang‘ich  namligi  15%,  tuproq  og‘irligi  6,0  kg  bо‘lsin.  Sug‘orishni  TNSning

                  60% namligida о‘tkazish rejalashtirilgan. U holda:

                        1) idishlardagi  tuproqning  namligi  amal  davri  davomida  mutlaq  quruq

                  tuproqqa nisbatan (50 x 60) : 100 = 30%;

                        2) idishlarga solinadigan mutlaq quruq tuproq massasi - (6000 x 100) : 115 =

                  5217 g;

                        3) Tuproq namligini 30% ga yetkazish uchun kerak bо‘ladigan suv miqdori

                  (5217 x 30) : 100 = 1565 g;

                        4) idish ostiga va tuproq ustiga solingan qum massasi 200 g + 200 g = 400 g;

                        5) qumdagi  25%  namlikni  TNSning  60%  igacha  yetkazish  uchun  kerak

                  bо‘ladigan suv (200 g qum uchun 30 ml) - 30 g+ 30 g = 60 g;


                        6) Idishning drenaj va nay bilan birgalikdagi og‘irligi - 2000 g;
                        7) Sinch(karkas)ning og‘irligi - 40 g bо‘lishi lozim.


                        Barcha raqamlarni qо‘shib chiqsak, (5217 + 1565 + 400 + 60 + 2000 + 40)
                  9283 g, yaxlitlasak, 9300 g kelib chiqadi. Bu raqamni idishning etiketkasi va ish


                  daftariga yozib qо‘yish lozim.

                                                  Vegetatsiya tajriba sxemalari

                        Vegetatsiya tajriba uchun izlanishlar yuzlab sxemalarni tuzib ishlash mumkin.

                  Quyida biz ba’zi birlari bilan tanishamiz. masalan: 1) tipik bо‘z tuproqlarda asosiy

                  о‘g‘itlar (NPK) turlarini aniqlash.

                        1.Jorj Vill sakkiz dalali sxemasi:

                        1) O  2) N   3) P  4) K  5) NP  6) NK  7) PK  8) NPK


                                                               63
   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67   68