Page 60 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 60

Eritmalari aralashtirilganda chо‘kma hosil qilmaydigan tuzlardan bitta eritma

                  tayyorlab ishlatish mumkin. Masalan, idishlarga 2,14 g ammiakli selitra va 0,83 g

                  dan kaliy xlorid solish rejalashtirilgan:

                        1. 2,14 x 50 idish = 107 g ammiakli selitra;

                        2. 0,83 x 50 idish = 41,5 g kaliy xlorid;

                        3. 107,0  + 41,5   =  147,7 g.

                        4. 100 ml eritma x 50 idish = 5000 ml.



                        Erimaydigan о‘g‘itlar bir oz quritiladi, maydalanadi va diametri 0,5-1,0 mm li

                  elaklardan  о‘tkaziladi.  Granulalangan  о‘g‘itlarning  samaradorligi  о‘rganilganda,

                  ular maydalanmaydi.

                        Qо‘llaniladigan о‘g‘itlar tuproq muhitini va tuproq eritmasi konsentratsiyasini

                  о‘zgartirmasligi, shuningdek, tarkibida ballast moddalar tutmasligi shart.

                        Sinalayotgan  о‘g‘itning  shakli  va  qо‘llash  me’yorining  tuproqqa

                  kо‘rsatadigan ta’siri avvaldan hisobga olinadi.

                        Kо‘pchilik  vegetatsiya  tajribalarning  tizimi  о‘g‘it  me’yorlarini  о‘simlik

                  rivojlanishining  turli  davrlarida  bо‘lib-bо‘lib  berish  -  qо‘shimcha  oziqlantirish

                  asosida tuziladi.


                        Urug‘larni  ekish  va  nihollarni  parvarishlash.  Tajribada  о‘rganiladigan
                  ekinlarning  urug‘i  idishga  tuproq  tо‘ldirilgan  kunning  ertasiga  ekilishi  lozim.


                  Shuning uchun ham ekiladigan urug‘lar oldindan tayyorlab qо‘yiladi.
                        Ekish uchun yuqori sifatli, navdorligi jihatidan toza, unuvchanligi 100% ga


                  yaqin  bо‘lgan  elita  urug‘lar  olinadi.  Urug‘lar  quruq,  namlangan  va  undirilgan
                  holatda  ekilishi  mumkin.  Odatda  ekiladigan  urug‘lar  analitning  0,05  yoki


                  formalinning  0,1%  li  eritmasi  bilan  ishlanadi  (formalin  bilan  ishlov  berilgan

                  urug‘lar yaxshilab yuvib tashlanishi kerak).

                        Namlash  muddati  urug‘larning  xossalari  bilan  bog‘liq  bо‘lib,  butguldoshlar

                  oilasiga  kiradigan  ekinlarning  urug‘lari  1-2  soat,  yupqa  qobiq  bilan  о‘ralgan





                                                               60
   55   56   57   58   59   60   61   62   63   64   65