Page 58 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 58

K 2O = 0,1x 5,0  =   0,50 g bо‘ladi.


                        Agar tajribada ammiakli selitra (35,0% N), superfosfat (20% P 2O 5) va kaliy

                  xlorid (60% K 2O) qо‘llanilishi kerak bо‘lsa, quyidagicha hisob-kitob olib boriladi:

                                       1.  100 g NH 4NO 3 da    -   35 g N bо‘lsa,
                                           x g  - -«»- -       -   0,75 g N  bо‘ladi, bundan:
                                           x =(0,75x100):35 = 2,14 g NH 4NO 3 kelib chiqadi.

                                      2.  100 g superfosfatda  -   20 g P 2O 5  bо‘lsa,
                                          x g   --«»--             -   0,50 g  P 2O 5 bо‘ladi, bundan:
                                          x=(0,75x100):35=2,50 g superfosfat kelib chiqadi.

                                     3.   100 g  KCl da    -    60 g K 2O   bо‘lsa,
                                           x g   --«»--     -   0,50 g  K 2O bо‘ladi, bundan:
                                           x  = (0,75 x 100) : 60  = 0,83 g KSl  kelib chiqadi.
                        Kompleks  о‘g‘itlar  (nitrofoska,  nitroammofoska-NAFK,  ammofos,  kaliyli

                  selitra va b.)ni hisoblashda birmuncha boshqacha yо‘l tutiladi.

                        Birinchi  variant.  Tajribada  о‘z  tarkibida  asosiy  oziq  elementlarni  teng

                  miqdorda  tutuvchi  NAFK  qо‘llanilishi  lozim  bо‘lsin.  Bu  о‘g‘it  tarkibida  oziq

                  elementlar (NPK)ning har biri 16%ni tashkil qiladi. Misolning sharti yuqordagicha

                  (0,75  g  N,  0,50  g  P 2O 5,  0,50  g  K 2O)  bо‘lsin.  Beriladigan  oziq  moddalar  dozasi

                  turlicha,  lekin  ularning  о‘g‘it  tarkibidagi  miqdori  bir  xil  bо‘lgani  bois  ishni  eng


                  kam dozada talab etiladigan elementlardan boshlash lozim, ya’ni:
                              100 g NAFKda       -      16 g P 2O 5 (yoki K 2O)   bо‘lsa,
                              x g   --«»--        -   0,50 g  P 2O 5 (yoki K 2O)  bо‘ladi, bundan:
                              x  = (0,5 x 100) : 16  = 3,1 g NAFK kelib chiqadi.



                        Ayni  miqdordagi  fosfor  va  kaliy  о‘simlikning  amal  davri  uchun  yetarli
                  hisoblanadi. Lekin tajriba tizimiga kо‘ra bitta idishga 0,75 g azot berilishini bilgan


                  holda,  yetishmaydigan  azot  miqdorini  (0,75-0,5  =  0,25  g)  hisoblab  topamiz.  Bu

                  miqdordagi azot uchun (0,75 x 100) : 20,5 = 1,2 g ammoniy sulfat qо‘llash tavsiya

                  etiladi.








                                                               58
   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63