Page 54 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 54
Mitcherlix idishining tubiga taroqcha yoki shag‘al solinadi, ustidan idish
diametriga tenglab qirqilgan doka gazlama tо‘shaladi sо‘ngra idishning diametrini
hisobga olgan holda TNSning 60% namligidagi 200-400 g qum (buning uchun 100
g quruq qumga 15 ml suv qо‘shib aralashtiriladi) solinadi. Qum idish tubini 1,5-2,0
sm qalinlikda qoplashi, dokaning chetlari idish devoriga tegib turishi shart (6-
rasm).
6-rasm. Mitcherlix idishi va unda о‘tkazilayotgan tajriba
Oldindan bir xil og‘irlikka keltirilgan Vagner idishlariga drenaj solinadi,
ustiga doka tо‘shalib, uning ustiga yuqorida aytilgan tartibda kvars qum joylanadi.
Idishlarga tuproq tо‘ldirish bitta idishga joylanadigan tuproq miqdorini
aniqlashdan boshlanadi.
Masalan, idishga 15% namlikdagi 6,0 kg tuproq solingan bо‘lsa, tuproqdagi
quruq tuproq massasi:
(6000 · 100)):115 =5217 g bо‘ladi.
Lekin tajribada TNS ga nisbatan 40-50% namlikdagi tuproq ishlatilishi lozim.
Tuproqning boshlang‘ich namligi 15%, TNS 40% ga tengligini e’tiborga olsak,
idishlarga solinadigan tuproq namligi 20% ga yetkazilishi va buning uchun har bir
54