Page 51 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 51
30x30; 30x40 sm bо‘lishi mumkin. Balandligi katta bо‘lgan idishlar bir qator
kamchiliklarga ega bо‘ladi. Masalan, 30 sm dan baland bо‘lgan idishlarning quyi
qismida ildizning о‘sishi va rivojlanishini cheklovchi anaerob sharoit yuzaga
keladi. Nay yordamida sug‘orilganligi sababli tuproq qatlamlarining namlanishida
farq yuzaga keladi.
Vegetatsiya idishlari sifatida diametri 20-30, balandligi 10-12 sm bо‘lgan
kristallizatorlardan ham foydalaniladi.
Vegetatsiya idishlarini tanlashda о‘rganiladigan о‘simlik turi, va tajriba
maqsadiga alohida e’tibor beriladi. Odatda qisqa muddatli tajribalarda kо‘proq
miqdorda о‘simlik о‘stirish uchun keng diametrli idishlar ishlatiladi. Amal
davrining oxirigacha о‘stiriladigan ekinlarni me’yorida о‘sib-rivojlanishi uchun
katta sig‘imli idishlar tanlanadi. Masalan, g‘alla ekinlarini 5-7 kg tuproq
joylashadigan 15x20 yoki 20x20 sm li idishlar qoniqtirsa, qandlavlagi uchun 15-20
kg tuproq joylashadigan, g‘о‘za uchun esa 25-27 kg tuproq joylashadigan idishlar
tanlanadi. Idishlarni tanlashda ekinning oziq moddalarga talabchanligi ham
hisobga olinadi. Yana shu narsani nazarda tutish lozimki, kichik sig‘imli idishlarda
hosildorlik past bо‘ladi va tabiiyki, tajribaning aniqligi ham kamayadi.
Vegetatsiya tajribalarini amalga oshirishda idishlarning sig‘imi bilan bir
qatorda ularning balandligi va diametrining bir xilda bо‘lishi muhim ahamiyatga
ega. Bо‘sh idishlarning massalari va diametrlari о‘rtasidagi farq mos ravishda 100
g va 0,5 sm dan oshmasligi, balandliklari bir xilda bо‘lishi shart. Idishlarning soni
tajriba tizimidagi variant va takrorliklar soniga mos bо‘lishi lozim.
Tuproq tо‘ldirishdan avval idishlar yaxshilab yuviladi, quritiladi. Shundan
keyin ularning ichi emal bо‘yoq bilan, sо‘ngra dammar loki bilan qoplanadi. Bu
vositalar topilmagan taqdirda, suyultirilgan bitumdan ham foydalanish mumkin.
Idishlardan har gal foydalanilganda, ularning ichi albatta lok bilan qoplanishi shart.
Vagner idishi (5-rasm) dan foydalanaganda uning ichiga metall yoki shisha
nay о‘rnatiladi: undan sug‘orishda foydalaniladi. Nay idishdan 2-4 sm chiqib
turishi va 2,0 - 2,5 sm diametrga ega bо‘lishi kerak.
51