Page 48 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 48
Vegetatsiya tajribalarining yana bir muhim tomoni, dala tajribalarida
kuzatiladigan turli hodisalarning sabablarini aniqlash maqsadida qо‘llanilishidir.
Lekin vegetatsiya tajribalari hech qachon dala tajribalari о‘rnini bosa olmaydi,
chunki bu ikki kо‘rinishdagi tajribalarni amalga oshirishdagi shart-sharoitlar
(yorug‘lik, suv tartibi, tuproq xossalari va boshqalar) bir-biridan sezilarli farq
qiladi. Chunonchi, dala tajribalarida о‘simliklar oziq moddalarini ham haydalma
qatlamdan va haydalma qatlam ostidan olsa, vegetatsiya tajribalarining tuprog‘i
faqat haydalma qatlamdan olinadi.
Vegetatsiya tajribalarida о‘simliklarning amal davrida me’yordagi namlik
saqlanadi va shunga mos ravishda oziq elementlarining mobilizatsiyasi ham dala
sharoitidagidan birmuncha boshqacha kechadi.
Idishlardagi tuproqning harorati ham boshqacha bо‘lib, u о‘z navbatida
tuproqda kechadigan jarayonlar dinamikasiga о‘ziga xos ta’sir qiladi.
Tuproq tuzilmaasi, uning suv va havo о‘tkazuvchanligi, shuningdek
о‘simliklar ildiz tizimining rivojlanishi ham dala sharoitidagidan sezilarli farq
qiladi.
Akademik D.N.Pryanishnikov22.01.0422.01.04 о‘zining “Agroximiya”
(1940) darsligida «…dala tajribasining asosiy vazifasi dala sharoitida о‘g‘itlarning
ta’sir doirasini о‘rganish bо‘lsa, vegetatsiya usulining vazifasi ayrim omil va
jarayonlarni о‘simlik, tuproq va о‘g‘itga kо‘rsatadigan ta’sirini nisbatan qulay
sharoitlarda asoslab berishdir…» deb ta’kidlagan edi.
Tuproqli muhitda amalga oshiriladigan vegetatsiya tajribalari bir nechta
ketma-ket bajariladigan tadbirlarni о‘z ichiga oladi.
Tuproqni olish va uni tayyorlash. Rejalashtirilgan masalani tо‘g‘ri hal qilish
uchun tajriba maqsadida olinadigan tuproq haqida qо‘yidagi ma’lumotlar aniq
bо‘lishi kerak: a) tuproqning nomi; b) tuproq olingan joy; v) tuproqning madaniy
holati va tarixi.
Tuproqlar daladan belkurak yordamida olinadi va avvaldan tayyorlab
qо‘yilgan qoplarga solinadi. Qoplarda о‘g‘it va gо‘ng qoldiqlari bо‘lmasligi kerak,
48