Page 50 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 50

Mahalliy о‘g‘it, ohak yoki zahiraviy fosfor о‘g‘iti kiritilgan maydonlardan tuproq

                  olish mumkin emas.

                        Turli  shakldagi  о‘g‘itlarning  samaradorligi  о‘rganiladigan  tajribalar  uchun

                  ayni  element  bilan  kam  darajada  ta’minlangan  tuproqdan  foydalanish  maqsadga

                  muvofiq  hisoblanadi.  Masalan,  fosforli  о‘g‘itlar  bilan  amalga  oshiriladigan

                  vegetatsiya tajribasi uchun faqat NK colingan maydondan, kaliyli о‘g‘itlar ustida

                  о‘tkaziladigan tajribada esa faqat NP solingan maydondan tuproq olish maqsadga

                  muvofiqdir.

                        Tajriba  uchun  qо‘riq  tuproq  olinganda,  tuproq  tarkibidagi  ildiz  va  ang‘iz

                  qoldiqlari  ezib,  tuproq  massasi  bilan  aralashtirib  yuboriladi.  Maydalangan  va

                  elakdan о‘tkazilgan tuproqning usti brezent  yoki plenka bilan  yopilishi  va  qisqa

                  muddat ichida idishlarga solinishi shart.

                         Idishlarga  tuproq  tо‘ldirish.  Ekinlar  bilan  vegetatsiya  tajribalarini

                  о‘tkazishda kо‘proq Vagner yoki Mitcherlix idishlaridan foydalaniladi. Bu idishlar

                  sug‘orishni  amalga  oshirish  usuli  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Mitcherlix  idishi

                  tubidagi  teshikcha  orqali  sug‘orilsa,  Vagner  idishi  ichiga  о‘rnatiladigan  nay  va

                  taroqcha orqali suv bilan ta’minlanadi. Vagner idishidan kо‘proq aniq tajribalarni

                  amalga  oshirishda  foydalaniladi.  Mitcherlix  idishi  odatda  javon(stellaj)larga


                  teriladi. Vegetatsiya idishlari alyuminiy yoki ruxlangan tunukalardan tayyorlanadi.
                  Ayrim hollarda shisha va sopol idishlardan ham foydalaniladi. Bunday idishlar bir


                  qator afzalliklarga ega bо‘lsada (zanglamaydi, oson yuviladi va hakazo), salgina
                  ehtiyotsizlik  oqibatida  sinishi  va  tajribaning  aniqligiga  putur  yetishi  mumkin.


                  Hozirgi  kunda  shishadan  tayyorlangan  vegetatsiya  idishlaridan  deyarli
                  foydalanilmaydi.  Shishadan  tayyorlangan  idishlar  tuproqlarni  Quyosh  nuri  va


                  yorug‘ligidan  saqlash  uchun  ikki  qavatli  material  (ichkarisidan  qora  va

                  tashqarisidan oq) material bila о‘rab chiqiladi.

                        Vegetatsiya idishlar silindrsimon shaklda, turli kattalikda tayyorlanadi. Shisha

                  yoki plastmassa idishlarning kattaligi (diametr x balandlik) 15x20; 20x20; 25x20;

                  30x25  sm,  tunukadan  tayyorlanadigan  idishlarning  kattaligi  esa  20x20;  30x25;


                                                               50
   45   46   47   48   49   50   51   52   53   54   55