Page 55 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 55

kg  tuproqqa  50  ml,  6  kg  tuproqqa  esa  300  ml  suv  quyish  kerakligini  hisoblab

                  topamiz.

                        Olingan  tuproq  sirlangan  tog‘oraga  solinadi  va  ustiga  kerakli  suv  (300  ml)

                  quyilib,  3-5  daqiqa  davomida  yaxshilab  aralashtiriladi  va  idishlarga  solinadi.

                  Idishning  pastki  qismiga  solinadigan  tuproq  (3-4  sm  qalinlikdagi)  qattiqroq

                  zichlanadi va uning ustiga qavatma-qavat tuproq solib, bir tekisda zichlab boriladi.

                  Tо‘g‘ri  ish  tutilgan  holda,  tortib  olingan  tuproqning  idishdagi  sathi  idish

                  balandligidan 2-3 sm past bо‘ladi.

                        Idishlarga  tо‘ldiriladigan  tuproqning  ma’qul  namlikda  bо‘lishiga  erishish

                  muhim  ahamiyatga  ega.  О‘ta  nam  tuproqlarni  idishga  solib,  ustidan  bosilganda

                  zichlashib  qoladi  va  о‘simlik  ildizlarining  rivojlanishi  qiyinlashadi.  Quruq

                  tuproqlar esa yaxshi zichlanmaydi, sug‘orish jarayonida idish ichidagi tuproqning

                  «о‘pirilishi» sodir bо‘ladi. Tuproqning chо‘kishi paytida о‘simlik ildizlari uziladi,

                  qaysiki, ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.

                        О‘g‘itlash.  Vegetatsiya  tajribalarida  sanoat  о‘g‘itlari  bilan  bir  qatorda  toza

                  kimyoviy tuzlardan ham foydalaniladi.

                        Kimyoviy toza tuzlar о‘z tarkibida ballast moddalarni kam miqdorda tutadi.

                  Tajriba  maqsadiga  zid  kelmagan  hollarda,  masalan,  tuproqning  oziq  elementlar


                  bilan  ta’minlanganligini  aniqlash,  turli  shakldagi  о‘g‘itlar  samaradorligini
                  о‘rganish,  NPKni  faqat  fon  sifatida  qо‘llash  va  boshqa  hollarda  kimyoviy  toza


                  tuzlarni qо‘llash mumkin.
                        Masalan, azotli-kaliyli о‘g‘it sifatida KNO 3 tuzidan foydalaniladi va bunda tuz


                  miqdori  uning  tarkibidagi  kaliy  miqdori  asosida  hisoblanadi.  Tajriba  tizimi
                  bо‘yicha yetishmaydigan azot miqdori NH 4NO 3 tuzini qо‘llash asosida tо‘ldiriladi.


                  Fosforli-kaliyli  tuz  sifatida  KH 2PO 4+K 2HPO 4  aralashmasidan  foydalaniladi  va

                  bunda ular eritmasining pH ini tuproq eritmasining pH iga teng bо‘lishiga erishish

                  lozim.  Fosforning  dozasi  tajriba  tizimidagi  miqdordan  oshib  ketmasligi  uchun

                  kaliy fosfatning bir qismi natriy fosfat bilan almashtiriladi.





                                                               55
   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59   60