Page 53 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 53
Idishlarga solish uchun tayyorlangan tuproqdan namlik va agrokimyoviy
xossalarni aniqlash uchun tо‘rtta takrorlikda namunalar olinadi.
Tajriba uchun olingan tuproq keng yuzali sellofan plenka yoki brezentga
(katta hajmli tog‘ora bо‘lsa, yana ham yaxshi) tо‘kiladi, ustiga tajriba tizimi
bо‘yicha rejalashtirilgan va analitik tarozida tortib olingan о‘g‘itlar bir tekisda
sochib chiqiladi va qо‘l bilan yaxshilab aralashtiriladi.
Maydalangan, elangan tuproqlarning namligi, nam sig‘imi, agrokimyoviy
xossalari aniqlangach, shuningdek, idishlar, о‘g‘it va eritmalar tayyor bо‘lgach,
idishlarga tuproq tо‘ldirishga kirishiladi.
Idishlarga tuproq tо‘ldirish о‘ta nozik va mas’uliyatli ish bо‘lib,
tadqiqotchidan barcha idishlardagi tuproqlarning tuzilishi va zichligining bir xilda
bо‘lishiga erishish talab qilinadi. Shu sababdan muayyan tajriba tizimidagi barcha
idishlarga tuproq tо‘ldirish bir kishining qо‘lidan chiqishi ma’qul hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda barcha idishlarga bir kun ichida tuproq tо‘ldirish
vegetatsiya tajribasi oldiga qо‘yilgan muhim shartlardan biridir.
Odatda idishlarga tuproq tо‘ldirishda bir nechta kishi ishtirok etadi: kimdir
tuproq va idishlarni tarozida tortadi, boshqasi о‘g‘it yoki eritma tayyorlaydi,
qolganlar о‘g‘it va tuproqni aralashtirish bilan mashg‘ul bо‘ladi. Tajribani
о‘tkazishda eng asosiy, mas’ul shaxs idishlarga tuproqni solib, bir xil zichlik va
tuzilishga keltiradi.
Idishlarga tuproq tо‘ldirishda tajriba jurnali tutiladi. Unda tadqiqotlar
mavzusi va vazifalaridan tashqari ekin turi, navi, tajriba tizimi, takrorliklar soni,
tuproqlarning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari, о‘g‘itlar dozasini
hisoblash, bir xil og‘irlikka keltirilgan idishlar massasi (Vagner idishlari uchun),
beriladigan suv miqdori, tuproqlarni tо‘ldirish usuli (har bir variantdagi idishlar
raqami, ularga qanday modda, qancha miqdorda solingani) kabilar yozib boriladi.
Bu tadbir muayyan izchillikda olib borpiladi. Avval birinchi variantga tegishli
idishlarga tuproq tо‘ldiriladi, keyin ikkinchi va hakazo variantlarga о‘tiladi.
53