Page 57 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 57

(NH 4) 6Mo 7O 24  ·  4H 2O  (54,3%  Mo),  Na 2B 4O 7  ·   10N 2O  (11,3%  B)  yoki  H 3BO 3
                  (17,5%)  keng  ishlatiladi.  Fe  ni  Fe-EDTA  yoki  Fe-HEDTA  xelatlari  shaklida

                  ishlatish  maqsadga  muvofiqdir.  U  yoki  bu  tuproq  tipida  о‘simliklarda  Fe

                  yetishmasligining alomati bо‘lgan xloroz kо‘p hollarda tuproqda ayni elementning

                  tanqisligi  hisobiga  emas,  balki  tuproq  muhiti  reaksiyasi  (pH)  yoki  oksidlanish-

                  qaytarilish  potensiali  (Eh)  va  tuproq  namligiga  bog‘liq  bо‘ladi.  Muhitning

                  reaksiyasi  (pH)  8  ga  teng  bо‘lgan  sharoitda  temir  о‘simliklar  tomonidan  qiyin

                  о‘zlashtiriladigan  gidrooksid  shaklida  bо‘ladi.  Undan  tashqari  Eh  ning  yuqori

                                                                            3Q
                  qiymatlarida va namlik yuqori bо‘lganda temir Fe  holatga о‘tadi, qaysiki, faqat
                  kuchli nordon muhitdagina erishi mumkin.

                        Vegetatsiya tajribalarida о‘g‘it turini tanlash va uni qо‘llash eng mas’uliyatli

                  tadbirlardan  biri  hisoblanadi.  Tanlanadigan  о‘g‘itlar  tuproqning  xususiyatlariga

                  keskin ta’sir kо‘rsatmasligi kerak. Shunday ekan, temirning FeCl 3 yoki Fe(SO 4) 2

                  shakllarda  qо‘llash  tuproqda  temir  taqchilligini  keltirib  chiqaradi.  Shu  sababdan

                  ham uni xelat holatida qо‘llash yaxshi natija beradi.

                        Kimyoviy  toza  tuzlardan  tashqari  mikroelementlar  bilan  boyitilgan

                  о‘g‘itlardan  (masalan,  bо‘rli  yoki  marganetsli  superfosfat),  shuningdek,  о‘z

                  tarkibida  mikroelement  tutgan  sanoat  chiqindilaridan  (masalan,  pirit)  ham


                  foydalanish mumkin.
                        Mikroelementlarning dozasi ekin turi, tuproq xususiyatlari va qо‘llash usuli


                  (tuproqq  solish,  urug‘ni  namlash  yoki  ildizdan  tashqari  oziqlantirish)ga  bog‘liq
                  ravishda о‘zgaradi.


                        О‘g‘it dozalarini hisoblash. О‘g‘it dozalarini hisoblash tajriba tizimi asosida,
                  о‘g‘it  turi,  shakli  va  tarkibidagi  sof  modda  miqdorini  bilgan  holda  amalga


                  oshiriladi.

                        Masalan,       arpa     ustida      о‘tkaziladigan      tajribada      asosiy      oziq

                  elementlar(NPK)ning miqdori 7-jadvaldan olinadi: 0,15 g N, 0,1 g R 2O 5, va 0,1 g

                  K 2O. U holda 20x20 sm kattalikdagi 5 kg sig‘imli idish uchun NPK dozasi:

                                           N =  0,15 x 5,0 =  0,75 g;
                                           P 2O 5 =0,1x 5,0  =   0,50 g;
                                                               57
   52   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62