Page 62 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 62

sabzidan  3-5  ta,  g‘о‘za,  makkajо‘xori,  kungaboqar,  kartoshka,  karam  va

                  qandlavlagidan  1  ta  о‘simlik  о‘stirilishi  mumkin.  Odatda,  har  bir  idishda

                  qoldiriladigan nihollar sonidan 5-10 ta kо‘p urug‘ ekiladi. Bitta о‘simlik qoldirish

                  rejalashtirilgan tajribalarda о‘simliklarning 5-10 dona urug‘i idishning markaziga

                  ekiladi (masalan, makkajо‘xorining 6 dona urug‘i).

                        Nihollar  о‘zini  tutib  olgach  (g‘alla  ekinlarining  tuplanish  davrida),  barcha

                  idishlarda bir xil miqdorda nihol qoldirib, yaganalanadi. Yaganalashda eng nimjon

                  va  eng  baquvvat  nihollar  olib  tashlanadi,  о‘rtacha  kо‘rsatkichga  ega  bо‘lganlari

                  qoldiriladi. Odatda yaganalash 2-3 marta amalga oshiriladi (masalan, g‘о‘za unib

                  chiqqandan keyin 5-6 ta, 3-4 chin barg davrida 3-4 ta, shonalashdan boshlab 1 ta

                  о‘simlik qoldirib yagana qlinadi).

                        Yaganalash  paytida  olingan  о‘simliklar  urug‘i  va  ildizi  bilan  birgalikda

                  qog‘oz  xaltachalarga  solinadi,  raqamlanadi,  quritiladi  va  tortiladi.  Ulardan

                  о‘simliklar  rivojlanishining  boshlang‘ich  davrlaridagi  kimyoviy  tarkibini

                  aniqlashda foydalanish mumkin.

                        Tajribadan aniq va haqqoniy natijalar olish uchun g‘alla ekinlari 3-4, dukkakli

                  va moyli ekinlar 4-5, makkajо‘xori, g‘о‘za, kartoshka, qandlavlagi, kartoshka kabi

                  ekinlar esa 6-8 ta takrorlikda ekilishi lozim.


                        Sug‘orish.  Tajribadagi  ekinlarni  yetishtirish  va  ulardan  mо‘l  hosil  olishda
                  tuproqning ma’qul namligi birinchi navbatda ekinning turi, biologik xususiyatlari,


                  yoshi  va  shuningdek,  tuproq  tipi,  uning  mexanikaviy  tarkibi  bilan  bog‘liqdir
                  (bundan tuproq namligi asosiy omil sifatida qaraladigan tajribalar mustasno).


                        Kо‘p  sonli  tajribalarning  natijalariga  kо‘ra  tuproqning  eng  ma’qul  namligi
                  uning  tо‘la  nam  sig‘imi(TNS)ning  60%  iga  teng  namlik  hisoblanadi.  Og‘ir


                  mexanikaviy tarkibli, shuningdek organikaga boy tuproqlarda bu kattalik 70-80%

                  ga teng bо‘ladi.

                        Idishlardagi  namlik  о‘simliklarning  oziq  moddalarga  talabchanligiga  kuchli

                  ta’sir  kо‘rsatishini  unutmaslik  lozim.  Masalan,  tuproqda  namlik  kam  bо‘lgan

                  sharoitlarda о‘simliklarning fosforga talabchanligi sezilarli darajada oshadi.


                                                               62
   57   58   59   60   61   62   63   64   65   66   67