Page 61 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 61
urug‘lar 3-4 soat, mustahkam qobiq bilan о‘ralgan urug‘lar esa 10-12 soat
davomida bо‘ktiriladi.
Kam miqdordagi urug‘larni undirib olishda Petri kosachasidan, kо‘p
miqdordagi urug‘larni undirishda esa sirlangan kyuvetalardan foydalaniladi.
Kosacha yoki kyuvetalarga suvga tо‘yintirilgan kvars qum 1,5-2,0 sm qalinlikda
solinadi. Ustiga bir qavat filtr qog‘oz tо‘shaladi va urug‘lar bir tekis terib chiqiladi.
Urug‘larning ustiga bir-ikki qavat filtr qog‘oz qо‘yilib, suv bilan namlanadi va 20-
25 daraja issiqlikni ushlab turadigan termostatga qо‘yiladi.
Urug‘larning ildizi 0,2-0,4 sm bо‘lganda, idishlarga olib о‘tqaziladi. Bunda
ular ildizlarining bir xil uzunlikda bо‘lishiga alohida e’tibor beriladi.
Urug‘lar trafaret yordamida 0,5-2,0 sm dan 5-6 sm chuqurlikkacha ekilishi
mumkin. Buning uchun diametri idish diametridan 0,5 sm kichik bо‘lgan trafaret
olinadi va idishdagi tuproq ustiga qо‘yilib, tо‘mtoq uchli shisha tayoqchalar
yordamida kerakli chuqurlikda uyachalar о‘yiladi. Ekish chuqurligining bir xilda
bо‘lishi shisha tayoqchaga о‘rnatilgan pо‘kak yordamida boshqariladi. О‘yiqlarga
pinset yordamida urug‘lar tashlanadi va pinsetning orqa tomoni bilan kо‘miladi.
Urug‘larni ekishning ikkinchi usulida maxsus qoshiq yordamida har bir
vegetatsiya idishidan ma’lum miqdordagi tuproq boshqa idishga olinadi. Idishda
qolgan tuproq ustiga trafaret qо‘yib, urug‘lar terib chiqiladi. Keyin olib qо‘yilgan
tuproq urug‘lar ustiga tо‘kiladi va qо‘l bilan yengilgina zichlanadi.
Har ikki holda ham idishdagi tuproq ustiga 200-400 g (idish diametriga
bog‘liq holda) chamasi kvars qum tashlanadi. U ekinlar yuqoridan sug‘orilganda
tuproqni yuvilib, qatqaloq bо‘lishdan, shuningdek, tuproq yuzasini Quyosh nuri
ta’sirida qizib ketishidan saqlaydi. Urug‘lar unib chiqqunga qadar idishlardagi
namlikni saqlab turish uchun idishlar ustiga qalin qog‘oz yoki karton tashlab
qо‘yiladi.
Idishlarda о‘stiriladigan nihollar soni ekin turi va idishning diametriga
bog‘liq. Masalan, 20 x 20 sm kattalikdagi idishda arpa, suli va bug‘doydan 20-25
ta, grechixa va don-dukkaklilardan 10-15 ta, bedadan 25 ta, bodring, rediska,
61