Page 66 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 66

8-jadval
                           Turli ekinlarda qayd etiladigan asosiy о‘sish va rivojlanish davrlari
                          Ekin turi                                 Rivojlanish davrlari
                  Donli ekinlar                 Unishning  boshlanishi,  tо‘la  unish,  2-bargning  hosil
                                                bо‘lishi,    3-bargning       hosil    bо‘lishi,     tuplanish,
                                                naychalash,  boshoq  tortish,  gullash,  sut  pishish,  mum
                                                pishish va tо‘la pishish.

                  Kartoshka                     Tо‘la  unish,  shonalash,  gullash,  palak  qurishining
                                                boshlanishi.
                  Don-dukkaklilar               Unish,yon  shoxlar  paydo  bо‘lishining  boshlanishi,
                                                tо‘pgullar  paydo  bо‘lishi,  gullash,  pishish  (boshlanishi
                                                va tugashi).
                  G‘о‘za                        Unib  chiqish,  3-4  chin  barg,  shonalash,  gullash,  hosil
                                                tо‘plash, pishish.
                  Zig‘ir                        Unish,  poya  о‘sishining  boshlanishi,  bosh  tortish,
                                                gullash(boshlanishi, tо‘la), urug‘larning pishishi (yashil,
                                                sarg‘ish, sariq, tо‘la).
                  Grechixa                      Unish,  1-chin  barg,  shoxlash,  tо‘pgul  hosil  qilish,
                                                gullash, pishish.
                  Qandlavlagi  va  boshqa  Unish,  1-juft  chin  barg,  3-chin  barg,  urug‘palla  osti
                  ildiz mevalilar               tirsagi    yо‘g‘onlashishining        boshlanishi,      chekka
                                                barglarning sо‘lishi.
                  Pomidor,  baqlajon  va  Unish,  1-chin  barg,  shonalash(tо‘pgul  hosil  qilish),
                  garmdori                      gullash, meva tugish.
                  Karam  (oq  va  qizil  Unish, karamboshning 10, 30, 75% texnikaviy pishishi.
                  boshli, savoy)
                  Qovoqdoshlar                  Unish,  1-chin  barg,  shonalash,  gullash  (erkak  va
                                                urg‘ochi gullar alohida), 1-urg‘ochi gullarning ochilishi,
                                                pishish, oziqbop darajada yetilish, sо‘nggi terim.



                        Donli, donli-dukkakli ekinlar va о‘tlar qaychi yordamida ildiz bо‘ynidan 1-2

                  sm yuqoridan qirqib olinadi, о‘simlik, poya, boshoq sonlari va uzunliklari jurnalga

                  qayd  etiladi.  Idishning  raqami  yozilgan  xaltachalarga  solinadi,  60  darajali

                  haroratda  quritiladi.  Doni,  somoni  ajratiladi  va  tarozida  tortiladi  hamda  keyingi

                  tahlillar uchun olib qо‘yiladi.

                        Lozim bо‘lsa, о‘simliklarning ildiz tizimi ham yuvish yо‘li bilan tuproqdan

                  tozalanadi, distillangan suv bilan chayiladi, quritiladi, 0,01 g aniqlikda tortiladi va

                  ular ham agrokimyoviy tahlillar uchun olib qо‘yiladi.



                                                               66
   61   62   63   64   65   66   67   68   69   70   71