Page 52 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 52
5-rasm. Vagner vegetatsiya idishi va uning tarkibiy qismlari.
Taroqcha va nay (a); yig‘ilgan idishning olddan (b)
va yondan (v) kо‘rinishi.
Vagner idishining yana bir muhim tarkibiy qismlaridan biri drenaj maqsadida
ishlatiladigan taroqdir.
Idishning tubiga, taroqning ikki yoniga, yaxshilab yuvilgan 3-4 kg mayda
(yong‘oq kattaligidagi) shag‘al solinadi. Drenaj sifatida maydalangan shisha
siniqlaridan ham foydalanish mumkin.
Sug‘orish nayi idishning tubiga taqalib qolmasligi uchun uning pastki qismi
Δ-delta shaklda qiyib qо‘yiladi. Shag‘al va tuproqni bir-biridan ajratib turish uchun
diametri idish diametridan 5-8 sm katta bо‘lgan doka qirqimlaridan foydalaniladi.
Doka gazlama topishning iloji bо‘lmaganda, eski gazetlardan ham foydalanish
mumkin.
Tuproq tо‘ldirishdan avval idishlar 200-300 g shag‘al yoki shisha siniqlari
yordamida bir xil og‘irlikka keltiriladi. Shundan keyin tortib olingan tuproq asta-
sekin drenaj ustiga tо‘shalgan doka yoki gazeta ustiga tо‘kiladi. Idishga
solinayotgan tuproqning pastki 4-5 sm qatlami qо‘lda yuza qismiga nisbatan
kuchliroq zichlanadi. Olinadigan tuproqning sathi idishdan 1,5-2,0 sm past bо‘lishi
shart.
Odatda 30x30 sm kattalikdagi idishga 22-27 kg quruqgan tuproq joylashadi.
Barcha idishlardagi tuproq og‘irligini bir xil qilib olish, vegetatsiya tajribasining
asosiy shartlaridan biridir.
52