Page 49 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 49
aks holda vegetatsiya tajribasi barbod bо‘ladi. Agar kо‘p miqdorda tuproq olishga
tо‘g‘ri kelsa, arava yoki tirkamaning ustiga toza qanor yoyiladi va tegishli joyga
olib borib tо‘kiladi. Uzoq joylardan tuproq olib kelishda yuk mashinalari va
vagonlardan foydalanishga tо‘g‘ri keladi va bunda ham yuqorida aytilgan
talablarga amal qilinadi.
Tajriba uchun olinadigan tuproqlarning miqdori idishlarning soni va hajmi
asosida hisoblab topiladi. Tashish, tayyorlash va idishlarga solish jarayonida kо‘p
miqdorda tuproq isrof bо‘ladi, shuning uchun odatda talab qilinadigandan kо‘ra
25% kо‘proq tuproq olinadi. Tuproqning namligi yuqori bо‘lsa, hisoblab topilgan
miqdor yana 30-40% ga oshiriladi.
Tuproqni qо‘lga olib tashlab yuborganda changimasa, barmoqlar orasiga olib
ezganda qо‘lga yopishmasdan mayda kesakchalarga ajrab ketsa, u tajriba talabiga
tо‘la javob beradi. Rejalashtirilgan navbatdagi tadbirlar tezkorlik bilan amalga
oshirilmasa, keltirilgan tuproq qurib qoladi tarkibidagi oziq elementlarning ancha
qismi yо‘qoladi.
Tuproqni olish muddatlari ham tajriba natijalariga о‘ziga xos tarzda ta’sir
kо‘rsatadi. Masalan, yozda olingan tuproqlar tuproq azotining nitrifikatsiyalanishi,
fosfor va kaliy immobilizatsiyalanishining kuchli bо‘lishi bilan bahorda olingan
tuproqlardan farq qiladi.
Tuproqni tayyorlashning asosiy vazifasi uni tarkibi va xossalari jihatidan bir
jinsli massaga aylantirishdan iborat. Bu jarayon о‘z ichiga tuproqni belkurak
yordamida yaxshilab aralashtirish, elakdan о‘tkazish va uni о‘simlik ildizlari
hamda toshchalardan tozalash ishlarini oladi.
Tajriba ishlari amaliyotida metall elakchalardan kо‘ra, simdan tо‘qilgan,
teshikchalarining diametri 3,0 mm bо‘lgan elaklardan foydalanish ancha qulaydir.
Bu maqsadda oddiy krovat tо‘ridan ham foydalanish mumkin.
Mavzuga bog‘liq ravishda qо‘riq yoki madaniylashgan tuproqdan foydalanish
mumkin. Madaniylashgan tuproqlarning keyingi 3-5 yillik tarixi (ekin turi,
hosildorligi, tuproqni ishlash tizimi, о‘g‘it turi, me’yori) ma’lum bо‘lishi kerak.
49