Page 46 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 46
azotning denitrifikatsiyalanishini о‘rganishda;
biologik, mineral va mahalliy о‘g‘itlar tarkibidagi azotdan
foydalanish koeffitsiyentini aniqlashda;
о‘simliklar tomonidan azotni yutilishi va almashinuvini о‘rganishda;
azotning tuproq hosil bо‘lish jarayonidagi о‘rnini kо‘rsatishda.
15
Odatda N dan vegetatsiya tajribalarini о‘tkazishda foydalaniladi. Shunday
tadqiqotlar asosida mineral о‘g‘itlar tarkibidan о‘rtacha 52% azot о‘zlashtirilishi,
gо‘ng va torf bilan omixta qilib ishlatilganda esa bu kо‘rsatkich mos ravishda 65,0
va 71,6% ni tashkil etishi aniqlangan.
32
1.12. 15R radioaktiv izotopi bilan amalga oshiriladigan
vegetatsiya tajribalari
15R 32 ishtirokida о‘tkaziladigan vegetatsiya tajribalarida ishlatiladigan
32
fosforning radioaktiv preparatlari tarkibida R miqdori juda kam (masalan 1 g
-7
32
R 2O 5 ning faolligi 0,1 mkkyuri ga teng bо‘lib, unda atigi 1,5 . 10 mg R bor).
Radioaktiv fosfor kichik yarim parchalanish davriga egaligi, uchuvchan
emasligi, juda kichik dozalarda ishlatilgani va tuproqqa oson yutilishi bois о‘zini
nisbatan xavfsiz element sifatida namoyon qilsada, u bilan tadqiqotlar olib
borishda ehtiyot choralariga jiddiy e’tibor berish lozim.
Radioaktiv elementlar bilan amalga oshiriladigan barcha ishlar: ampulani
ochish, ishchi eritma tayyorlash va eritish, faol о‘g‘it tayyorlash kabilarning
barchasi mо‘rili shkaf ichida bajariladi. Xodimlar albatta xalat va rezinka qо‘lqop
kiyishlari shart.
Yuqori faolikka ega preparatlar maxsus metall shkaflarda saqlanadi. Ularning
eritmalaridan ma’lum miqdorda olish uchun avtomat pipetkalar va byuretkalar
ishlatiladi.
Vegetatsiya idishlariga radioaktiv moddani kiritishda quyidagi tartibda ish
kо‘riladi: katta chinni kosaga tuproq solinadi va uning о‘rtasiga radioaktiv modda
eritmasi quyiladi. Sо‘ngra qо‘lda (albatta rezinka qо‘lqop kiygan holda)
aralashtiriladi. Idishlarga tuproq tortib olishdan tortib hosilni yig‘ishtirish va uni
46