Page 41 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 41
Aeroponika (ekinlarni havo muhitida yetishtirish). Aeroponikada о‘simliklar
boshqa usullardagiga nisbatan tez о‘sib-rivojlanadi, undagi barcha tadbirlar
avtomatik tarzda bajariladi.
О‘simliklarning ildiz tizimi joylashtiriladigan rezervuar 20-25 sm chuqurlikka
ega bо‘lishi, umumiy hajmi unchalik katta bо‘lmasligi lozim. Rezervuarning zich
yopiladigan qopqog‘iga teshikchalar о‘yiladi va ularga о‘simliklar xuddi
gidroponikadagi kabi joylashtiriladi. Bunda ular paxta bilan emas, 8-15 mm
kattalikdagi pemza bilan mahkamlanadi.
О‘simliklar ildiz yuzasidagi tо‘planadigan tomchilaridagi elementlarni
о‘zlashtirishi sababli aeroponikada ishlatiladigan oziq aralashmalarning
konsentratsiyasi gidroponika usulidagidan kо‘ra tahminan 10 baravar yuqori
bо‘lishi darkor. Eritmani purkash muddati uning konsentratsiyasi bilan bir qatorda
о‘simliklarning suvga talabi va ildiz tizimining rivojlanishiga bog‘liqdir.
Rivojlanishning ilk davrlarida, ildiz hali tarmoqlanmagan paytda eritma tez-tez
(har 5 daqiqada), qisqa muddat davomida (5 soniya) purkalsa, ildiz tizimi yaxshi
rivojlangan paytda esa purkashlar har 10-15 daqiqada 10 soniya davomida amalga
oshiriladi. Bu davr ichida ildiz yuzasida saqlanib qolgan avvalgi purkash qoldiqlari
tо‘la yuvilishi va yangisi bilan almashinishi lozim. Ildizdan yuvilib tushgan eritma
shu zahoti zahira idishga oqib о‘tishi uchun rezervuarning quyi qismi ma’lum
nishablikda о‘rnatilishi kerak.
Oziq aralashmalarning konsentratsiyasi va tarkibini nazorat qilish, xona
ichidagi xarorat va namlikni boshqarish qattiq va suvli muhit gidroponikalaridagi
tartibda amalga oshiriladi.
Agregatoponika - о‘simliklarni davriy ravishda namlanadigan, granulalangan
muhitda yetishtirishdir. Uning bir nechta kо‘rinishlari mavjud:
organik muhitli agregatoponika (о‘simliklarni tabiiy substratlar –
torf, qipiq, moxlarda yetishtirish);
qattiq muhitli agregatoponika (substrat vazifasini qattiq minerallar va
plastmassalar о‘taydi);
41