Page 40 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 40

miqdordagi  tо‘yimli  mahsulot  bilan  bir  kunda  tuxumga  kirgan  1600  ta  tovuqni

                  oziqlantirish mumkin.

                        Suvli muhit gidroponikasi. Bu usul qattiq muhitda (substratda) о‘tkaziladigan

                  gidroponikaga  nisbatan  bir  qator  ustunliklarga  (substratni  sotib  olish,  tashish  va

                  ishlov  berish,  ularni  dezinfeksiyalash,  tozalash  va  regeneratsiya  qilish,  oziq

                  aralashmani  avtomatik  ravishda  berish  va  tо‘kish  kabi  tadbirlarga  sarf  xarajat

                  qilinmaydi) ega bо‘lsada, kamroq kо‘lamda qо‘llaniladi. Bu usuldagi qо‘shimcha

                  tadbirlar  jumlasiga  stelajlar  ustiga  о‘simliklarni  mahkamlash  uchun  qopqoqlar

                  о‘rnatish  va  oziq  aralashmaga  muntazam  ravishda  havo  yuborishlarni  kiritish

                  mumkin (2-rangli rasm).

                        Suvli  muhitda  о‘simliklar  substratli  muhitdagiga  nisbatan  oziq  elementlarni

                  kо‘proq о‘zlashtiradi, qaysiki bevosita suvli muhitda о‘simliklar ildizining kо‘proq

                  hajmdagi eritmaga tegib turishi bilan izohlanadi.

                        Suvli  muhitdagi  gidroponika  usuli  ilmiy-tadqiqot  ishlarida  kо‘proq

                  qо‘llaniladi.

                        О‘simliklar  yetishtiriladigan  baklarning  chuqurligi  20-25  sm,  eni  esa

                  yetishtiriladigan о‘simlikka bog‘liq ravishda 5-10 dan 100 sm gacha bо‘lishi lozim.

                  О‘simliklarni  baklarga  о‘tqazish  uchun  yaxshi  va  zich  mahkamlanadigan,


                  teshikchali     qopqoqlar       tayyorlanishi     lozim.     Sabzavotlar       yetishtirishda
                  teshikchalarning  diametri  3-4  sm  bо‘lib,  ularga  5-6  sm  uzunlikdagi,  nam


                  tortmaydigan  materialdan  tayyorlangan  (plastmassa  yoki  asfalt  loki  bilan
                  bо‘yalgan  metall),  uchida  4-5  mm  chiqig‘i  bо‘lgan  silindrlar  о‘rnatiladi.  Bu


                  silindrlar  orqali  oziq  aralashmalarga  о‘simliklar  tushiriladi  va  paxta  bilan
                  mahkamlanadi.  О‘simlimklar  о‘zlarini  tutib  olgandan  keyin  paxtalar  olib


                  tashlanadi  va  tortilgan  kanop  iplarga  bog‘lab  qо‘yiladi.  Eritmalardagi  tuzlarning

                  konsentratsiyasi 50% dan pasayib ketmasligi uchun oziq aralashmalar vaqti-vaqti

                  bilan qisman, yoki tо‘laligicha almashtiriladi.








                                                               40
   35   36   37   38   39   40   41   42   43   44   45