Page 39 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 39
Granit graviysidan tayyorlangan substratning regeneratsiyasi ancha oson
amalga oshiriladi: undagi ildiz qoldiqlari olib tashlansa va kaliy permanganatning
nordon eritmasi bilan ishlanib, suv bilan chayilsa, kifoya.
Oziq aralashmalar maxsus rezervuarlarda tayyorlanadi. Rezervuarda oziq
aralashmalarga avtomatik ravishda kerakli miqdorda suv quyiladi, ma’lum
darajadagi harorat va tegishli pH ushlab turiladi.
О‘simliklarning ildizi tarqaladigan qatlamda haroratning me’yorida bо‘lishi
0
talab etiladi va u bodring uchun 25 S ni pomidor va boshqa ekinlar uchun esa 20 0
S ni tashkil etadi.
Eritma idishlarga pastdan beriladi va substrat yuzasiga 3-5 sm qolganda
tо‘xtatiladi va avtomatik ravishda quyib olinadi. Bu tadbir eritmani bug‘lanishdan,
substratni shо‘rlanishdan saqlaydi. Eritmani berish va qayta quyib olish tezligi
substratning yoshiga bog‘liq. Substratning nam sig‘imi yuqori bо‘lsa, eritmani
berish va qayta quyib olish muddati qisqartiriladi. Gidroponikaning barcha turlrida
havoning namligi va harorati ma’lum darajada bо‘lishi uchun maxsus moslamalar
talab etiladi. Havoda SO 2 ning miqdorini kamida 0,1% bо‘lishini ta’minlash uchun
dokadan tayerlangan xaltachalarga «quruq muz» parchalarini solib osib qо‘yish
yoki maxsus ballonlardan SO 2 gazini chiqarish yо‘li bilan erishiladi.
Sabzavot ekinlarining kо‘chatlari sopol yoki plastmassadan tayyorlangan
tuvakchalarda, mayda fraksiyali (3-8 mm) substratda, bir kecha - kunduzda 1-2
marta oziq aralashma bilan, xaftada 1 marta suv bilan sug‘orish asosida
yetishtiriladi.
Bodring nihollari 3-4, pomidor 9 ta chin barg chiqargan paytda stellajlarga
olib о‘tqaziladi. Bir kecha-kunduzda 3-4 marta 23-25 S haroratga ega bо‘lgan
0
eritma beriladi.
Donli ekinlar (bug‘doy, arpa, suli, sholi, nо‘xat yoki vikaning arpa bilan
2
aralashmasi va h.k.) ning kо‘k massasini yetishtirish uchun stellajning 1 m
maydoniga 4,5 - 5,0 kg urug‘ ekiladi va undan 25 kg kо‘k massa olinadi. Ayni
39