Page 34 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 34
1.7. Sterillangan muhitda о‘tkaziladigan tajribalar
Sterillangan muhitdagi tajribalarni о‘tkazish sermashaqqat va murakkab
bо‘lib, ayrim jarayonlarni о‘rganishda mikroorganizmlar ta’sirini cheklash, va
kerak paytda omilning (mikrorganizm) shu jarayonga ta’sirini о‘rganish uchun
sun’iy ravishda kiritish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
О‘simliklarning ammoniy yoki nitrat shakldagi azot bilan oziqlanishga
munosabati masalasini о‘rganishda ammiakning nitrifikatsiyalanishini cheklash
maqsadida sterillangan oziq aralashmadan foydalanishga tо‘g‘ri keladi. О‘simliklar
tomonidan vzot, fosfor, oltingugurt va boshqa organik birikmalarning
о‘zlashtirilishini о‘rganishda ham sterillangan muhit tajribalari qо‘llanilishi kerak,
aks holda о‘simlik shu birikmani tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘zlashtirayotganligi yoki
mikroorganizmlar tomonidan parchalangandan keyin о‘zlashtirayotganligini
isbotlab bо‘lmaydi.
О‘simliklar tomonidan suvda qiyin eriydigan birikmalarning (masalan,
fosforit talqoni) о‘zlashtirilishini о‘rganishda ham ushbu usul qо‘l keladi.
Sterillangan sharoitda fosforit talqonining о‘simliklar tomonidan
о‘zlashtirilishida ammoniy sulfat muhim ahamiyat kasb etishi ma’lum. Lekin bu
jarayonda nitrifikatsiyalovchi mikroblarning ham ahamiyati katta. Chunki ularning
faoliyati natijasida ammoniy shakldagi azot nitratlarga aylanadi va oziqlanish
muhitida yuzaga keladigan nitrat va sulfat kislotalar fosforit talqonining ma’lum
qismini eritadi. Mikroorganizmlar ishtirokisiz bu jarayon ammoniy sulfatning
erishi, ammoniy kationining о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilishi va anion asosida
yuzaga keladigan sulfat kislotaning faoliyati natijasi deb faraz qilinadi. Ayni
muammoning yechimi ham sterillangan muhitda tajribalar о‘tkazish asosida hal
etilgan.
Shuningdek о‘simliklar ildiz tizimi ajratmalarini о‘rganishda ham sterillangan
muhit tajribasi muhim о‘rin egallaydi.
О‘simliklarni ikkita ekish nayi tushirilgan, sterillangan oziq aralashmada
о‘stirish usuli taniqli agrokimyogar olim I.S.Shulov tomonidan 1911 yilda
34