Page 32 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 32

eritma avtomatik ravishda ma’lum miqdorda saqlab turiladigan oraliq idish (3) ga

                  va undan о‘zgarmas bosim ostida qisqich yoki boshqarish kranchalari о‘rnatilgan

                  sifonlar  (4)  orqali  vagonetkaning  pastki  tokchasiga  joylashtirilgan,  qum

                  tо‘ldirilgan  idishlarga  (5)  tomchilatib  uzatiladi.  Idishlarning  tubidagi  tubus  (6)

                  orqali eritma tashqariga oqib chiqadi.

                        Bu  usulda  olib  boriladigan  tadqiqotlarda  idishlarga  oziq  moddalar

                  qо‘shilmagan  qum  tо‘ldiriladi.  CHо‘kma  tushib  qolmasligi  uchun  oziq

                  aralashmalar kuchsiz konsentratsiyada (0,1-0,2 n), 16-20 l miqdorda tayyorlanadi.

                  Bir kecha kunduzda bitta idishdan tahminan 4 l eritma oqib о‘tadi.

                                                1.6. Yakkalab oziqlantirish usuli

                        Yakkalab  oziqlantirish  usuli  P.R.Slezkin  g‘oyasi  asosida  I.S.Shulov

                  tomonidan ishlab chiqilgan va hozirgi kunda  ham  u  qisman  о‘zgartirilgan holda

                  qо‘llanilmoqda.

                        Bu  usul  yordamida  о‘simliklar  ildiz  tizimi  tomonidan  ayrim  moddalarning

                  ajratilishini, shuningdek, ikki yoki undan ortiq tuzlarni о‘simliklarning о‘sishi va

                  rivojlanishiga birgalikdagi ta’sirini о‘rganish mumkin (6-jadval).


                                                                                                      6-jadval
                        Makkajо‘xori tomonidan fosforitning о‘zlashtirilishiga kaliyli tuzlarning
                                                 ta’siri (qumli-suvli muhit)

                      Tashqi idish         Ichki idish (suvli        Hosil, g/idish       О‘simlikdagi P2O5
                     (qumli muhit)               muhit)                                   miqdori, mg/idish
                  KH 2PO 4  va  KCl         P 2O 5 va K 2O ciz             111                    459
                  Gelrigel     eritmasi     Gelrige eritmasi
                  bо‘yicha
                  Fosforit                 P 2O 5 siz Gelrigel             30                      43
                                                eritmasi
                  Fosforit+KCl              P 2O 5 va K 2O ciz             65                      97
                                            Gelrige eritmasi

                  Fosforit+K 2SO 4          P 2O 5 va K 2O ciz             103                    179
                                            Gelrige eritmasi


                        Odatdagi  vegetatsiya  tajribalarda  barcha  oziq  elementlar,  qum,  suv  yoki

                  tuproq  bitta  idishda  jamlangan  bо‘lib,  ular  doimiy  ravishda  ta’sirlashada  va


                                                               32
   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36   37