Page 27 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 27
Oziq aralashmalar. Eritmalar tayyorlash uchun kimyoviy toza tuzlar,
distillangan yoki bidistillangan suv kerak bо‘ladi. Oziq elementlar fiziologik
reaksiyasi bо‘yicha о‘simliklar uchun zararsiz shakllarda tanlanadi. Birinchi
navbatda oziq aralashma muhitining barqarorligi va yо‘ldosh elementlar tarkibiga
jiddiy e’tibor qaratilishi lozim. Odatda oziq aralashmalar о‘simliklar talab
qiladigan konsentratsiyadan 100-200 marta yuqori konsentratsiyada tayyorlanadi.
Qо‘llash oldidan shu boshlang‘ich eritmadan ma’lum miqdorda olib, tegishli
miqdordagi suv bilan suyultiriladi. Boshlang‘ich eritmalar tо‘q tusli shishadan
tayyorlangan maxsus idishlarda, qorong‘i joyda saqlanadi.
Nihollarni ekishga tayyorlash. Urug‘larni tayyorlash va ularni termostatda
undirib olish tuproqli muhit tajribalaridagi kabi amalga oshiriladi. Suvli muhit
tajribalarida ildizi 5-7 sm ni tashkil etgan о‘simliklar idishlarga olib о‘tqaziladi.
Buning uchun birinchi bosqichda ungan va ildizi 1-1,5 sm uzunlikdagi urug‘lar
suvli kristallizatorga doka yoki tо‘rsimon material tortib tayyorlangan moslamaga
о‘tqaziladi. Oradan 8-12 kun о‘tgach (bu davrda suv har kuni almashtirib turiladi),
nihollarni idishlardagi oziq aralashmalarga olib о‘tqazish mumkin bо‘ladi.
Tajribani о‘tkazish texnikasi. О‘simliklarni kо‘chirib о‘tqazishdan bir kun
oldin idishlarga g‘iloflar kiydiriladi va ular hajmining 50-75% iga qadar
distillangan suv quyiladi. Sо‘ngra о‘lchov silindri yoki pipetkalar yordamida
tajriba ish daftarida kо‘rsatilgan boshlang‘ich eritmalar birin-ketin quyiladi va
belgilangan chizig‘igacha distillangan suv qо‘shiladi. Lekin bunda idishlardagi
eritmalar sathi idish balandligidan 1-1,5 sm past bо‘lishi lozimligini unutmaslik
kerak.
Idishlarga kо‘chirib о‘tqaziladigan nihollar о‘zlarining barg va ildiz soni,
shuningdek, poya va ildiz uzunligi bilan bir-biriga juda yaqin bо‘lishi shart. Tanlab
olingan о‘simliklardan ikkitasi paxta bilan о‘raladi va teshikcha orqali oziq
aralashmaga tushiriladi (ildizning kamida yarmi eritmaga botib turishi lozim).
Oradan 10-15 kun о‘tgach, yaganalash tadbiri amalga oshiriladi va har bir
teshikchada bittadan о‘simlik qoldiriladi. Tajriba davomida poya atrofiga о‘ralgan
27