Page 26 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 26

Suvli muhit tajribalarida substrat vazifasini distillangan suv, mikroelementlar

                  bilan о‘tkaziladigan taddqiqotlarda esa bidistillangan suv bajaradi.

                        Idishlarni tanlash va tayyorlash.  Suvli muhitda о‘tkaziladigan tajribalarning

                  maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda keng bо‘g‘izli, 3-10 l sig‘imli shisha

                  yoki plastmassadan tayyorlangan idishlar ishlatiladi. Donli, don-dukkakli va moyli

                  ekinlar  uchun  3-5  l  sig‘imli,  g‘о‘za,  qandlavlagi  va  boshqa  ildizmevali  ekinlar

                  uchun 6-8 l sig‘imli idishlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.

                        Idishlar tajriba oldidan yaxshilab yuviladi va quritiladi. Har bir idish og‘ziga

                  zich joylashadigan yog‘och qopqoqlar tayyorlanadi. Qopqoqlarda ekin turiga qarab

                  (g‘alla  ekinlari  uchun  4-5  ta,  yirik  ekinlar  uchun  esa  1  ta)  1,5-2,0  sm  diametrli

                  teshikchalar  ochiladi.  Aytilganlarda  tashqari  qopqoqda  yana  bitta  qо‘shimcha

                  teshikcha ochiladi va undan eritmaga vaqti-vaqti bilan havo puflanadi.





































                        Qopqoqlar  idishdagi  oziq  eritmani  shimib,  bо‘kib  qolmasligi  uchun  parafin

                  eritmasiga  botirib  olinadi.  Idishlarga  qо‘sh  qavatli  g‘ilof  (ichki  qatlami  qora  va

                  tashqi  qatlami  oq)lar  kiydiriladi.  G‘ilof  idishdan  birmuncha  balandroq  qilib

                  tayyorlanadi.  Uning  bog‘ichi  tortib  bog‘langanda,  qopqoqni  idishga  zichlanib

                  turishiga yordam beradi.

                                                               26
   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30   31