Page 21 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 21

О‘ta toza qum ishlatish talab etiladigan hollarda, tarkibidagi silikat kislota va

                  organik moddalarni yо‘qotish uchun qum 400 darajali haroratda kuydiriladi.

                        Idishlarni  tanlash  va  tayyorlash.  Qumli  muhit  tajribalarida  20-30  sm

                  balandlikdagi  plastmassa  yoki  shishadan  tayyorlangan  idishlardan  foydalaniladi.

                  Qumda suvning kapillyar kо‘tarilishi tuproqqa nisbatan sust bо‘lgani bois baland

                  idishlar ishlatilmaydi.

                        Tajribadagi  idishlar  bir-biridan  diametri  bо‘yicha  0,5-1,0  sm,  og‘irligi

                  bо‘yicha 100 g dan ziyod farq qilmasligi lozim.

                        Idishlar  drenaj  va  shisha  naylari  bilan  birgalikda  yaxshilab  yuviladi  va

                  quritiladi. Shisha idishlar ichkarisidan bо‘yoq bilan qoplanmagan bо‘lsa, tuproq va

                  о‘simlik ildiz tizimini quyosh nuri va yorug‘ligidan saqlash uchun bir necha qavat

                  qalin qog‘oq yoki bо‘z gazlama bilan о‘raladi.

                        Keyin  idishlarga  shag‘al  yoki  shisha  siniqlari  va  nay  joylashtirilib,  1  g

                  aniqlikda bir xil og‘irlikka keltiriladi. Drenaj massasi idishdagi qum massasining

                  5%  idan  oshmasligi  shart.  Ishni  boshlashdan  oldin  har  bir  idish  uchun  diametri

                  idish diametridan 4-5 sm katta bо‘lgan doka tayyorlab qо‘yiladi.

                        Idishlarning kattaligi yetishtiriladigan ekin turiga qarab tanlanadi. Donli, don-

                  dukkakli ekinlar, kо‘p yillik о‘tlar, piyoz, rediska kabi о‘simliklar uchun 4-8 kg


                  sig‘imli, 20 x 20 sm kattalikdagi, ildiz va tugunakmevalilar, karam, bodring kabi
                  о‘simliklar  uchun  esa  10-20  kg  sig‘imli  25  x  25;  30  x  30  sm  kattalikdagi


                  idishlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
                        Oziq     aralashmalarni        tayyorlash.     Oziq      aralashmalarning       tarkibi


                  yetishtiriladigan  ekin  turi  va  tajriba  maqsadidan  kelib  chiqqan  holda  tanlanadi.
                  Aralashma       tarkibidagi     oziq     moddalar       о‘simliklar     tomonidan       oson


                  о‘zlashtiriladigan shaklda bо‘lishi, pH butun amal davri davomida ma’qul darajada

                  saqlanishi  lozim.  Tajriba  natijalari  oziq  aralashmalarni  tо‘g‘ri  tanlash  va

                  tayyorlashga kо‘p jihatdan bog‘liqdir.

                        Turli ekinlar uchun о‘ziga xos oziq aralashmalar ishlatiladi. Masalan, g‘о‘za

                  va handlavlagi ustida olib boriladigan tajribalarda M.A.Belousov aralashmalaridan


                                                               21
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26