Page 18 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 18

Tottingeym  va  Shayv  oziq  aralashmalariga  xosdir.  Odatda  suvli  muhitda  past

                  konsentratsiyali,  qumli  muhitda  esa  yuqori  konsentratsiyali  oziq  aralashmalar

                  qо‘llaniladi.  Bir  xil  konsentratsiyali  oziq  aralashmalardan  о‘simliklar  suvli

                  muhitda  qumli  muhitdagiga  nisbatan  kо‘proq  oziq  elementlarni  о‘zlashtiradi  (2-

                  jadval).

                                                                                                      2-jadval

                         Bodring tomonidan qumli va suvli muhit tajribalarida oziq elementlarning
                                           о‘zlashtirilishi (Z.I.Jurbitskiy, 1968).
                                   Oziq aralashma            О‘simlik tomonidan о‘zlashtirilgan oziq
                     Muhit         konsentratsiyasi,                        elementlar, mg
                                        mmol/l                   N                R2O5               K2O

                  Qumli                    3,0                  6,9                1,7                4,1
                  Suvli                    3,4                 84,0               25,1               61,2
                  Qumli                    7,7                 22,4                5,4               12,6
                  Suvli                    6,9                 114,2              31,1              115,1
                  Qumli                   15,3                 59,7               15,5               43,5
                  Suvli                   14,9                 117,1              31,6              126,3


                        5.      Oziq  aralashmalar  tarkibidagi  oziq  elementlarning  nisbati

                  о‘simliklarning  о‘sishi  va  rivojlanishiga  sezilarli  ta’sir  kо‘rsatadi.  Har  bir  ekin

                  turi rivojlanishning turli davrlarida turli nisbatdagi oziq elementlarni talab qiladi.

                  Shuning  uchun  ham  о‘simliklar  rivojlanishining  turli  davrlarida  elementlar

                  nisbatini tabaqalashtirib berish lozim. О‘simlik organizmining me’yorida faoliyat

                  kо‘rsatishi  uchun  oziq  aralashmasida  bir  va  ikki  valentli  kationlar  muvozanatga

                  keltirilgan bо‘lishi kerak.

                        Faqat  bitta  oziq  elementini  tutgan  tuz  eritmasida  о‘simliklar  juda  sekin

                  rivojlanadi. Ionlar alohida olinganda о‘simlikka nobud qilarli darajada ta’sir qiladi,

                  tuzlar  aralashmasida  esa  ularning  zararli  ta’siri  qirqiladi.  Bu  hodisa  ionlar

                  antagonizmi deb yuritiladi.  Aralashmalarda kalsiy asosiy antagonist hisoblanadi.

                  Oziq  aralashmada  kalsiy  konsentratsiyasi  yetarli  bо‘lsa,  о‘simliklar  eritmaning

                  nordon muhitiga chidamli bо‘ladi.







                                                               18
   13   14   15   16   17   18   19   20   21   22   23