Page 15 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 15
Ca(NO 3) 2 va NH 4NO 3 sezilarli darajada ustunlikka ega. О‘simliklarning о‘sishi
jarayonida nitrat kislota tuzlari oziq aralashma muhitini ishqoriylashtirsa,
ammoniyli tuzlar nordonlashtiradi. Faqat NH 4NO 3 gina kuchsiz nordonlashtirish
xususiyatiga ega. Oziq aralashmalar uchun tuz tanlashda ularning yuqorida
aytilgan xususiyatlari va о‘simliklarning ularga munosabati hisobga olinishi shart.
Fosforli tuzlarning xususiyatlari ularning tarkibiga kiruvchi kationlarga
+
2+
2+
+
+
bog‘liq bо‘lib, NH 4 K Na Ca va Mg tuzlari hamda sof H 3PO 4 holatida
ishlatish mumkin. Fosfat kislota tarkibidagi bitta vodorod о‘rnini kation
egallashidan hosil bо‘ladigan tuzlar nordon reaksiyaga, ikki yoki uchta vodorod
о‘rnini kation egallashidan hosil bо‘lgan tuzlar esa kuchli ishqoriy reaksiyaga ega.
Kislota tarkibidagi ikkita vodorod о‘rnini Ca egallagan tuzlar suvda qiyin
2+
eriydi. D.N.Pryanishnikov oziq aralashmasi tarkibiga kuchsiz ishqoriy tuz -
CaHPO 4 va kuchsiz nordon tuz - NH 4NO 3 kiritilgan. Bu ikki tuzning о‘zaro ta’siri
aralashmada barqaror kuchsiz nordon muhit (rH 6,5-5,8) ni yuzaga keltiradi.
+
О‘simliklar ildizi tomonidan NH 4 yutilgach, muhitda erkin holatda qoladigan NO 3
kalsiy fosfatning erishi uchun qulay sharoit yaratadi. Oziq aralashmalar muhitining
nordonlshib ketishining oldini olish uchun ba’zi suvda juda qiyin eriydigan fosforli
tuzlardan ham foydalaniladi.
Kaliy oziq aralashmalarda nitrat, sulfat, xlorid va kamdan-kam hollarda
karbonat tuzlari shaklida ishlatiladi. Xlor anioni kо‘pchilik о‘simliklarga salbiy
ta’sir kо‘rsatishi, karbonatlar aralashma nordonligini kuchaytirishi bois kaliy
asosan nitratlar va sulfatlar shaklida qо‘llaniladi.
Oziq aralashmalarda kalsiyning asosan nitratlari va fosfatlaridan foydalanish
tavsiya etiladi. Ba’zan gips-CaSO 4 · 2H 2O dan ham foydalanishga tо‘g‘ri keladi
(Pryanishnikov, Chirikov, Kossovich oziq aralashmalari).
.
Magniyni MgSO 4 7H 2O yoki magniy nitrat shaklida qо‘llagan ma’qul.
Oltingugurt yuqorida aytib о‘tilgan tuzlarning aksariyatini tarkibiga kirgani
bois alohida tuz sifatida qо‘llanilmaydi.
15