Page 13 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 13

Suvli  muhit  uchun  birinchi  oziq  aralashmalar  1858-1859  yillarda  Torando

                  tajriba  stansiyasi  assistenti  Saks  va  Mekern  tajriba  stansiyasi  xodimi  Knoplar

                  tomonidan tayyorlangan.

                        Shundan sal keyin Gelrigel qumli muhit uchun oziq aralashmasini yaratdi. Bu

                  davrlarda barcha oziq aralashmalar kо‘p sonli tajribalar asosida, empirik yо‘l bilan

                  tayyorlanib,  asosan  g‘alla  ekinlari  uchun  tavsiya  etilgan.  Chunki  bu  davrda

                  о‘simliklarning  о‘sishi,  rivojlanishi  uchun  muhitning  reaksiyasi,  tuzlar

                  konsentratsiyasi va alohida ionlarning ta’siri deyarli о‘rganilmagan edi.

                        1909 yilda D.N.Pryanishnikov tomonidan qumli muhit tajribalari uchun о‘z

                  rN  ini  amal  davrining  oxirigacha  mо‘tadilga  yaqin  holatda  saqlaydigan  oziq

                  aralashmasi yaratildi.

                        Hozirgi  kunda  200  dan  ziyod  oziq  aralashmalar  mavjud  bо‘lib,  ularning

                  kо‘pchiligi  ilmiy-tadqiqotlarda,  shuningdek,  ishlab  chiqarishda  (gidroponika

                  usulida sabzavot yetishtirishda) keng kо‘lamda ishlatiladi (1-jadval).

                                                                                                      1-jadval

                                   Ayrim oziq aralashmalarning tahminiy tarkibi (m· ekv/l),
                                                     Z.I.Jurbitskiy,1968.
                        Oziq                                  Elementlar
                    aralashma                                                                            Jami
                      muallifi       NO3  NH4        P      K     Ca  Mg        S     Fe  Na  Cl

                  Knop               8,4    -      3,2    3,4    7      2,4  2,4      -     -     -     11,9
                  Gelrigel           6      -      3      2,0    6      1      1      0,5  -      1,5  11,5
                  Pryanishnikov  3          3      3      2      6      1      5      0,5  -      2,5  13,5
                  Belousov           13,6  -       15,3  7,6     13,6  9       9      0,2  1,7  1,7  71,6
                  Sinsadze           5,8    4,2    13,5  9,8     19,3  8,3  17,9  3,7  -          8,2  49,6
                  Tottingeym         28,2  -       39     13     28,8  29  29         -     -     -     96,8
                  Xogland            16     2      6      10     6      4      4      0,6  -      -     26,0
                  Uolles             8      -      1,6    9,9    3      2,5  5,5      1,3  -      1,3  16,7
                  Xyuitt             10     -      4      3,3    6,7    3      3      0,3  1,3  -       17,0
                  Chesnokov          7,5    2,5    3,7    4,9    8,2    2,5  2,5      0,2  -      -     18,1
                  Pudelskiy          14,3  -       6,3    14,1  2,2     1,5  1,5      0,2  -      -     22,1










                                                               13
   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18