Page 12 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 12

muhit ekinlari usulidan foydalanib, ildiz ajratmalarining tuproqdagi qiyin eriydigan

                  oziq moddalarga (jumladan fosfat kislota tuzlariga) ta’sirini о‘rganishga kirishildi.

                  Shu  asosda  marjumak,  esparset  va  xantal  (gorchitsa)  kabi  о‘simliklarning

                  tuproqdagi qiyin eriydigan fosfatlarni kо‘proq о‘zlashtirishi, nо‘xat, vika, sebarga

                  kabi dukkakli va don-dukkakli о‘simliklar esa kam о‘zlashtirishi aniqlangan.

                        Shu bilan bir qatorda ayni usul yordamida fiziologik nordon tuzlar kiritilgan

                  muhitda  hatto  donli  ekinlar  ham  fosforit  tarkibidagi  fosfordan  foydalana  olishi

                  asoslangan.  Masalan,  bug‘doy  fosforitni  azot  Ca(NO 3) 2  shaklda  berilgan

                  variantdagidan  kо‘ra  NH 4NO 3  (fiziologik  nordon  о‘g‘it)  shaklda berilgan  variant

                  tuproqlaridan yaxshiroq о‘zlashtirishi ham shu yо‘sinda isbotlangan.

                        Qumli  muhit  tajribalaridan           ayrim  oziq  elementlar  tanqisligi  yoki

                  serobligining  о‘simliklarda  kechadigan  fiziologik  va  biokimyoviy  о‘zgarishlarga

                  ta’siri,  ayrim  elementlarning  о‘simliklar  hayotidagi  ahamiyati,  elementlar

                  о‘rtasidagi  ionlar  antagonizmi  va  sinergizmi,  о‘simliklar  tomonidan  oziq

                  elementlarni  о‘zlashtirilishida  hayotiy  omillarning  birgalikdagi  ta’siri  kabi

                  muammolarni о‘rganishda hozirgi kunda ham keng foydalanilmoqda.

                        Oziq aralashmalar konsentratsiyasi va ulardagi elementlar nisbati, muhitning

                  reaksiyasi     va    buferlik     qobiliyatining     rivojlanishning      turli   davrlarida


                  о‘simliklarning о‘sishi va rivojlanishiga ta’siri suvli muhit tajribalarida о‘rganiladi.
                  Shuningdek,  bu  usuldan  о‘simliklarning  ildiz  tizimini  о‘rganish,  о‘simliklar


                  oziqlanishining  davriyligi,  oziq  elementlar  о‘zlashtirilishining  boshlang‘ich
                  jarayonlarini  kuzatish,  ularning  о‘simlik  tanasida  harakatlanishi  va  tо‘planishini


                  asoslashda keng foydalanish mumkin.

                                                      1.2. Oziq aralashmalar

                        Qumli  va  suvli  muhit  tajribalarini  о‘tkazishda  о‘simliklarning  me’yorida

                  о‘sib-rivojlanishini ta’minlaydigan oziq aralashmalardan keng foydalaniladi. Oziq

                  aralashmalar - о‘z tarkibida о‘simliklarni unumsiz muhit - qum yoki suvda, sun’iy

                  sharoitda yetishtirishni ta’minlaydigan turli shakl, miqdor va nisbatdagi kimyoviy

                  toza tuzlar eritmasidir.


                                                               12
   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16   17