Page 7 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 7

Agrokimyo fani о‘z oldiga qо‘ygan vazifalarni hal qilishda о‘zining maxsus

                  tadqiqot usullaridan foydalanadi.

                        Bu  usullar  birgalikda  qо‘llaniladi  va  bir-birini  tо‘ldiradi.  Laboratoriya

                  yordamida asosan tuproq, о‘simlik va о‘g‘itlar kimyoviy analiz qilinadi va kichik

                  laboratoriya tajribalari о‘tkaziladi.

                        Vegetatsion  tajribalar-maxsus  uychalar,  issiq  xona,  fitotron  va  vegetatsion

                  maydonchalarda  amalga  oshiriladi  va  albatta  о‘simlik  о‘stirish  bilan  bog‘liq

                  bо‘ladi.

                        Vegetatsion  tajribalar  yordamida  ayrim  omillarning,  shu  jumladan,  oziq

                  elementlarni  о‘simlikning  о‘sishi,  rivojlanishi,  modda  almashinuviga  va

                  hosildorligiga ta’siri о‘rganiladi.

                        Lizimetr  tajribalar  maxsus  qurilmalarda  tabiiy  sharoitga  yaqinroq  bо‘lgan

                  muhitda olib boriladi. Bu usul yordamida tuproqdagi oziq elementlar migratsiyasi,

                  transformatsiyasi,  tuproq  xossalarini  о‘zgarishi,  hamda  izotop  usullar  yordamida

                  о‘simliklarning  modda  almashinuvi  va  mahsulotning  sifatini  о‘zgarishi  kabi

                  masalalar о‘rganiladi.

                        Dala  tajribasi  usuli  ishlab  chiqarish  sharoitiga  yaqin  bо‘ladi  va  tо‘g‘ridan-

                  tо‘g‘ri dalada har xil kattalikdagi maydonchalarda olib boriladi. Maydonning katta-


                  kichikligiga qarab makro va mikro dala tajribalari bо‘ladi.
                        Hali  katta  maydonlarga  chiqarish  erta  bо‘lgan  masalalar  oldin  mikro-dala


                  tajribalarida  о‘rganiladi,  undan  keyin  esa  katta  dalalarda  makrodala  tajribalari
                  usuliga о‘tiladi. Shunday masalalar borki, ularni mikro-dala tajribalarida о‘rganish


                  yetarli  hisoblanadi.  Agrokimyo  fani  ishlab  chiqarish  tajriba  usulidan  ham
                  foydalanadi.  Bunda  tajriba  uchun  olingan  yer  maydoni  kattaligi  jihatdan  ishlab


                  chiqarish  maydonlariga  yaqin  bо‘ladi.  Shuning  uchun  ham  ishlab  chiqarish

                  tajribasi  natijalari  asosida  ishlab  chiqilgan  tavsiyalarni  tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri  ishlab

                  chiqarish sharoitida foydalanilsa bо‘ladi. Bulardan tashqari agrokimyo fani kimyo,

                  fizika,  о‘simliklar  fiziologiyasi,  mikrobiologiya,  amaliy  matematika  va  boshqa

                  fanlar uslubiyatlaridan ham foydalanadi.


                                                                7
   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11   12