Page 5 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 5

Sо‘z boshi

                        О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 16 oktyabr

                  kuni  kimyo  sanoatini  jadal  rivojlantirish,  tarmoqqa  xorijiy  investitsiya  va

                  zamonaviy  texnologiyalarni  jalb  qilish  masalalariga  bag‘ishlangan  yig‘ilish

                  о‘tkazdi.  Ushbu  yig‘ilishda  ta’kidlab  о‘tildiki,  bugungi  kunda  mamlakatimizda

                  azotli о‘g‘itlarga talab 73 foiz, fosforli о‘g‘itlarga 20 foiz ta’minlanmoqda. Azotli

                  о‘g‘it ishlab chiqarish quvvatlarining о‘rtacha eskirish darajasi 64 foizni, fosforli

                  о‘g‘it bо‘yicha 77 foizni tashkil qiladi. Sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida

                  kelasi  besh  yilda  umumiy  qiymati  2,8  milliard  dollarlik  9  ta  loyihani  ishga

                  tushirish rejalashtirilgan bо‘lib, buning natijasida mineral о‘g‘it va sulfat kislotasi

                  ishlab  chiqarish  hajmi  2  barobar  kо‘payadi.  Azotli  va  kaliyli  о‘g‘itlarga  talab

                  qoplanadi,  fosforli  о‘g‘itlarga  ehtiyojni  qondirish  darajasi  bir  necha  barobar

                  oshiriladi.  Yig‘ilishda  “О‘zkimyosanoat”  aksiyadorlik  jamiyatining  moliyaviy

                  ahvolini  yaxshilash  yuzasidan  ham  kо‘rsatmalar  berildi.  Koreya  kimyo–

                  texnologiyalari  ilmiy-tadqiqot  instituti  (KRICT)  bilan  hamkorlikda  Toshkent

                  kimyo-texnologiya  ilmiy-tadqiqot  instituti  negizida  ilmiy-tadqiqot,  loyihalash  va

                  muhandislik,  kadrlar  tayyorlashga  ixtisoslashtirilgan  markaz  barpo  etishni

                  tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi.


                        Fanni  о‘qitishdan  maqsad  –  talabalarga  agrokimyo  tadqiqot  usullarini,
                  о‘simlik,  о‘g‘it  va  tuproqlarni  tadqiq  qilish  xamda  ular  orasidagi  о‘zaro


                  munosabatni  о‘rganish  yо‘llarini,  laboratoriya,  lizimetrik,  vegetatsiya  va  dala
                  tajribalarini  о‘tkazish  uslubiyatini  va  ular  asosida  olinadigan  natijalarni  statistik


                  tahlil qilish usullarini о‘rgatish bо‘yicha ta’lim berishdir. Buning uchun quyidagi
                  vazifalar  bajariladi:  talabalarni  agrokimyo  tadqiqot  usullari  va  ularning  turlari,


                  о‘simlik,  о‘g‘it  va  tuproqlarni  tadqiq  qilish  xamda  ular  orasidagi  о‘zaro

                  munosabatni  о‘rganish  yо‘llari,  laboratoriya,  lizimetrik,  vegetatsiya  va  dala

                  tajribalarini  о‘tkazish  uslubiyati,  ularga  qо‘yilgan  talablar,  agrokimyoviy

                  tadqiqotlar asosida olinadigan natijalarni statistik tahlil qilish usullari kabilar bilan

                  zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tanishtiriladi.


                                                                5
   1   2   3   4   5   6   7   8   9   10