Page 10 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 10

kо‘riladi  va  qishloq  xо‘jalik  ekinlariga  о‘g‘it  qо‘llash  bо‘yicha  tavsiyalar

                  tayyorlanadi.

                        Vegetatsiya  tajribalari  usuli  agrokimyo  va  о‘simliklar  fiziologiyasida

                  о‘simliklarning mineral va havodan oziqlanishi, о‘simliklarga hayotiy omillarning

                  ta’siri,  ularning  sovuqqa,  qurg‘oqchilik  va  shо‘rlanishga  chidamliligi,

                  fotoperiodizm,  о‘sish  va  rivojlanish  qonuniyatlari,  shuningdek,  tuproqlar

                  unumdorligi  va  о‘g‘itlar  samaradorligi  kabi  masalalarni  о‘rganishda  keng

                  qо‘llaniladi.

                        Vegetatsiya  tajribalari  sun’iy  yoki  yarim  sun’iy  sharoitlarda  о‘tkaziladi  va

                  ularda  о‘simliklarning  oziqlanishi,  tuproqlarning  suv  tartibi  hamda  ularda  sodir

                  bо‘ladigan ayrim kimyoviy, fizikaviy va fiziologik jarayonlar ham о‘rganiladi.

                        Vegetatsiya tajribalarida о‘rganish ob’yekti bо‘lib о‘simlik, tuproq va о‘g‘it

                  xizmat qiladi.

                        Vegetatsiya tajribalari usuli ayrim omillar yoki ular majmuining о‘simliklar

                  hayotidagi  ahamiyatini  tо‘la  tahlil  qilish  mumkinligi  va  olinadigan  natijalarning

                  aniqligi bilan dala tajribalaridan farqlanadi.

                        Lekin uni о‘tkazish jarayonida tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarining u yoki bu

                  tomonga о‘zgarishi olingan natijalarni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ishlab chiqarishga tavsiya


                  qilish imkonini bermaydi. Vegetatsiya tajribalari usuli yordamida almashlab ekish
                  tizimida  о‘g‘it  qо‘llash,  о‘g‘it  me’yorlarini  boshqa  agrotexnikaviy  tadbirlar,


                  jumladan  tuproqni  ishlash  tizimi  bilan,  uyg‘unlashtirish  masalalarini  о‘rganib
                  bо‘lmaydi. Ayni muammolar faqat dala tajribalarining natijalari asosida hal etiladi.


                        Agrokimyoda uchun tadqiqotlarning vegetatsiya va dala tajribalari usullari bir
                  xil  ahamiyat  kasb  etadi.  Agrokimyoviy  muammolar  odatda  laboratoriya,


                  vegetatsiya, lizimetr va dala tajribalarini birgalikda olib borish asosida yechiladi.

                        Ilmiy  tadqiqotlarning  mavzusi,  maqsad  va  vazifalariga  bog‘liq  ravishda

                  vegetatsiya tajribalari usulining tuproqli, suvli, qumli muhit ekinlari, sterillangan

                  muhitda  yoki  yakkalangan  holatda  о‘rganish,  oquvchan  eritmalar,  gidroponika,





                                                               10
   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15