Page 14 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 14

Mavjud  va  kashf  etilayotgan  barcha  oziq  aralashmalar  tarkibidagi  oziq

                  elementlar  konsentratsiyasi  va  nisbatlari  bо‘yicha  bir-birini  tо‘ldirishi  va

                  muvozanatlashi lozim.

                                      1.3. Oziq aralashmalar oldiga qо‘yiladigan talablar:

                        1.      Oziq aralashmalar о‘z tarkibida о‘simliklarning me’yorida о‘sishi va

                  rivojlanishi uchun zarur barcha elementlarni tutishi kerak. Knop, Saks, Gelrigel va

                  boshqalar  tomonidan  tayyorlangan  ilk  oziq  aralashmalar  tarkibida  faqat  7  ta

                  element (N, P, K, Ca, Mg, S va Fe) mavjud bо‘lgan bо‘lsa, XX-asrning birinchi о‘n

                  yilligida, tabiiy fanlar, shu jumladan agrokimyo fani ham jadal rivojlana boshlagan

                  davrda, oziq aralashmalar tarkibiga Mn, Cu, Zn, B, va Mo ham kiritildi. Hozirgi

                  kunda ayrim oziq aralashmalar tarkibida Na, Si, Ni, Br kabi elementlarni qо‘shib

                  hisoblaganda  25  ga  yaqin  oziq  elementlar  uchraydi.  Masalan,  Belousov  oziq

                  aralashmasi  tarkibiga  Na  ham  kiritilgan  bо‘lib,  bu  element  qandlavlagida

                  uglevodlarning bargdan ildizmevaga oqib о‘tishiga, tabiiyki, hosildorlik va hosil

                  tarkibidagi qand miqdorining oshishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.

                        Oziq aralashmalarni tayyorlashda ishlatiladigan tuzlar о‘simliklar tomonidan

                  ayrim  elementlarni  kation,  ayrimlarini  esa  anion holida о‘zlashtirilishini  hisobga

                  olgan holda tanlanadi. Bu maqsadda kalsiy nitrat (Ca(NO 3) 2, kaliy nitrat (KNO 3),


                  ammoniy nitrat (NH 4NO 3), fosfat kislotaning kaliyli va kalsiyli tuzlari - (KH 2PO 4
                  va CaHPO 4), kaliy va magniy sulfat (K 2SO 4 va MgSO 4) kо‘proq ishlatiladi, chunki


                  ularning har biri о‘z tarkibida ikkita oziq elementini tutadi. Elementlar о‘rtasidagi
                  muayyan nisbatni saqlash uchun tarkibida bitta oziq element tutgan tuzlardan ham


                  foydalaniladi (masalan, kaliy xlorid - KCl).
                        2.      Aralashmalar  tarkibidagi  tuzlar  о‘simliklar  tomonidan  oson


                  о‘zlashtiriladigan  shaklda  bо‘lishi  kerak.  Oziq  aralashmalar  tarkibiga  muayyan

                  element  tuzlarini  u  yoki  bu  shaklda  kiritilishi  о‘simliklarga  sezilarli  ta’sir

                  kо‘rsatadi.

                        О‘simlikka birgina azotning о‘zi HNO 3, NH 4NO 3, KNO 3, NaNO 3, Ca(NO 3) 2,

                  (NH 4) 2SO 4,  va  NH 4Cl  shakllarida  berilishi  mumkin.  Bularning  ichida  KNO 3,


                                                               14
   9   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19