Page 11 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 11

aeroponika,  agretoponika,  plastoponika  kabi  kо‘rinishlaridan  keraklisi  tanlab

                  olinadi.




























                                1.1. Qumli va suvli muhitda amalga oshiriladigan tajribalar

                        Substrat  sifatida  kvars  qum  yoki  oziqabop  tuzlarning  eritmalari  (oziq

                  aralashmalar)  qо‘llaniladigan  vegetatsiya  tajribalariga  qumli  yoki  suvli  muhitda

                  о‘tkaziladigan tajribalar deyiladi.

                        Tajribaning  bu  usuli  yordamida  о‘simliklar  oziqlanishining  fiziologik-

                  biokimyoviy muammolari о‘rganiladi.

                        О‘simliklarni sun’iy muhitda yetishtirish masalasi birinchi bо‘lib 1842 yilda

                  Vigman  va  Polstroflar  tomonidan  izohlangan.  Ular  platinadan  yasalgan  idishga

                  platina  sim  qiyqimlarini  joylashtirib,  urug‘  ekdilar  va  distillangan  suv  bilan

                  muntazam  sug‘orib  tajriba  о‘tkazdilar.  Ma’lum  vaqtdan  keyin,  urug‘  tarkibidagi

                  zahira  oziq  moddalar  tugagach,  о‘simlik  nihollari  qurib  qolishini  kuzatdilar.

                  Boshqa idishdagi nihollar vaqti-vaqti bilan kul elementlar eritmasi bilan sug‘orib

                  turilganda, о‘simliklarning yaxshi о‘sib-rivojlanishini aniqladilar.

                        Qumli muhitda ekinlar yetishtirish uslubiyoti Bussengoning tavsiyasi (1837)

                  asosida  Gelrigel  tomonidan  ishlab  chiqildi.  U  о‘zining  1886-1887  yillarda

                  sterillangan  qumli  muhitda  о‘tkazgan  tajribalarida  dukkakli  ekinlar  tomonidan

                  atmosfera  azotining  о‘zlashtirilishida  tugunak  bakteriyalarning  rolini  kо‘rsatib

                  berdi.  Akademik  D.N.Pryanishnikov laboratoriyasida  1895  yildan  boshlab  qumli

                                                               11
   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16