Page 16 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 16
Oziq aralashmalar tayyorlashda eng nozik masala-Fe masalasidir. Temirni
.
FePO 4, Fe 3(PO 4) 2, Fe 2 (SO 4) 3, FeSO 4 FeCl 3, S 6H 5O 7Fe (temir limonit) va Mor tuzi
.
- FeSO 4(NH 4) 2SO 4 6H 2O shakllarda ishlatish tavsiya etilgan. Lekin aytib о‘tilgan
oson eriydigan tuzlarning kо‘pchiligi eritmada temir fosfatlarni hosil qilib,
chо‘kmaga tushib qoladi va о‘simliklarda xloroz alomatlari yuzaga keladi. Keyigi
paytda buning oldini olish uchun xelatlar - temirning etilendiamintetrasirka
kislotali tuzi - Fe-EDTA va gidrooksietilendiamintetrasirka kislotali tuzi - Fe-
NEDTAlardan foydalanilmoqda.
Mikroelementlar oziq aralashmalarga kо‘proq sulfat, xlorid, nitrat tuzlari
shaklida, Mn va B - 0,1-1,0; Cu va Mo - 0,01-0,1; Zn-0,02-0,2 mg dozada 1 kg
qum yoki 1 l eritmaga qо‘shiladi.
Xogland va Snayder tomonidan tavsiya etilgan mikroelementlar omixtasi -
«A-Z» deb nomlanadi va 1 l eritma yoki qumga 1,5 ml miqdorda aralashtiriladi.
Lekin mikroelementlarni qо‘llash dozalari tо‘g‘risidagi muammo shu kungacha
uzil-kesil hal etilmagan.
3. Oziq aralashmalarning muhiti (pH) butun amal davri davomida talab
darajasida saqlanishi lozim. Aralashmalarning boshlang‘ich pHi tuz tarkibiga
kirgan anion va kationlarning xossalariga bog‘liqdir. Masalan, Gelrigel oziq
aralashmasi pHining 3,6 ga teng bо‘lishi unda nordon muhitni yuzaga keltiruvchi
KH 2PO 4 va FeCl 3 tuzlarining mavjudligi bilan izohlanadi.
Ekinlarni yetishtirish paytida oziq aralashma pNining о‘zgarishiga tuzlarning
fiziologik reaksiyasi (kation va anionlarning ildiz tomonidan bir xilda
о‘zlashtirilmasligi natijasida kelib chiqadi) kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Tuzlar
fiziologik reaksiyasining о‘zgarishi birinchi navbatda azotli tuzlar shakliga bog‘liq,
о‘simliklar azotni boshqa elementlarga nisbatan kо‘p miqdorda о‘zlashtiradi. Agar
azot muxitga ammoniyli tuz shaklida kiritilsa, pH nordonlashadi, nitratli tuz
shaklida kiritilsa ishqoriylashadi. Masalan, Gelrigel va Knop oziq aralashmalarida
Ca(NO 3) 2 - fiziologik ishqoriy va KH 2PO 4-gidrolitik nordon tuzlar olingan. Chunki
о‘simliklarning faoliyati natijasida fiziologik ishqoriy muhit yuzaga keladi va tez
16