Page 19 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 19
Kaliy va kalsiyning, fosfat va sulfatlarning muayyan konsentratsiyalarida
ionlar sinergizmi deb nomlanadigan hodisa kuzatiladi, bunda bir ionnig
о‘zlashtirilishi ikkinchi ion ishtirokida tezlashadi.
Tabiiy ichimlik suvlar (daryo, kо‘l, hovuz va quduqlarning suvlari) mо‘tadil
tuproqlarning eritmalari kabi fiziologik jihatdan muvozanatlashgandir. Distillangan
+
suv faqatgina N ni tutgani sababli о‘simliklarni uzoq muddat sug‘orish uchun
yaramaydi.
Muvozanatlashtirilgan oziq aralashmalar tarkibidagi kation va anionlarning
yig‘indi konsentratsiyalari taxminan 30 mg·mol/l ni tashkil qilishi kerak.
Oziq aralashmasida Ca va Mg ning bо‘lishi о‘simlik ildiz tizimining
me’yorida faoliyat kо‘rsatishi uchun zarurdir.
Oziq elementlar konsentratsiyasi odatda N:P 2O 5:K 2O nisbatda, mg/l birlikda
ifodalanadi. 1 m·ekv N + 14 mg; 1 m·ekv P 2O 5 + 23,7 mg va 1 m·ekv K 2O + 47,1
mg ekanligini e’tiborga olinsa, 3-jadvaldagi natijalar kelib chiqadi.
Suvli muhit tajribalarida oziq elementlarni о‘simliklar tomonidan
о‘zlashtirilish koeffitsiyenti masalasi qо‘yilmaydi, chunki aralashmada ularning
barchasi о‘simliklar tomonidan oson о‘zlashtiriladigan shakldadir (agar chо‘kmaga
tushmagan bо‘lsa). Qumli muhitda esa fosfor va kaliy azotga nisbatan birmuncha
qiyin о‘zlashtiriladi. Qattiq substratda ekinlar yetishtirishda eritmalar
konsentratsiyasi suvli muhitdagiga nisbatan bir necha bor oshiriladi va tarkibidagi
elementlarning nisbatiga ham tegishlicha tuzatishlar kiritiladi.
3-jadval
Ayrim oziq aralashmalar tarkibidagi asosiy oziq elementlarning doza va
nisbatlari (N + P2O5 + K2O =100% deb olingan va CaO, MgO va SO3 lar miqdori
shu yig‘indiga nisbatan hisoblangan).
Oziq aralashma Doza, mg/l Nisbat
muallifi N P2O5 K2O N P2O5 K2O CaO MgO SO3
Knop 118 76 162 33,1 21,4 45,5 55,0 13,2 26,6
Gelrigel 84 71 94 33,8 28,4 37,8 67,4 8,0 16,0
Pryanishnikov 84 71 94 33,8 28,4 37,8 67,4 8,0 80,0
Belousov 192 362 358 21,0 39,7 39,3 41,6 2,0 4,0
Sinsadze 140 320 462 15,2 34,7 50,1 58,5 18,0 77,5
19