Page 24 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 24
Sirlangan tog‘oraga kerakli qum massasi solinadi va ustiga qiyin eriydigan tuz
tortimini sochib, qо‘l bilan 10 daqiqa davomida yaxshilab aralashtiriladi. Shundan
keyin birinchi eritmani quyib aralashtirish davom ettiriladi. Ikkinchi, uchinchi va
boshqa eritmalar bilan ham shu tartibda ish kо‘riladi. Quyilganda о‘zaro
reaksiyaga kirishib, chо‘kma hosil qiladigan eritmalar (masalan, tarkibida fosfor,
kalsiy yoki temir tutgan tuzlar)ni bir paytda qо‘shish qat’iyan man’ qilinadi.
Idishlarga tuproq tо‘ldirish о‘g‘itsiz (nazorat) variantdan boshlanadi. Ikkinchi
navbatda tajriba tizimiga oziq element kiritilmagan variantga о‘tiladi va h.k.
Boshqa tarkibdagi tuzlar bilan ish kо‘riladigan variant idishlariga qum tо‘ldirish
oldidan tog‘ora va qо‘l yuviladi.
Idishlarga qum tо‘ldirish texnikasi, urug‘larni ekishga tayyorlash, ekish,
nihollarni parvarishlash, kuzatish va hosilni yig‘ishtirish, tuproqli muhitda
vegetatsiya tajriba о‘tkazish bо‘limida bayon qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Qumli muhitda о‘tkaziladigan tajribalar о‘simliklar ildiz tizimini oson yuvilishi
bilan tuproqli muhit tajribalaridan farq qiladi.
Sug‘orish. Namlikni ma’qul tartibda saqlash tajribalar oldiga qо‘yiladigan
asosiy talablardan birdir.
Nihollar unib chiqqunga qadar namlik qum betiga suv purkash yо‘li bilan
saqlab turiladi. Idishlarning usti qalin qog‘oz bilan yopib qо‘yiladi. Nihollar unib
chiqqach, keyin qog‘oz olib tashlanadi va sug‘orish nay (quvurcha) orqali amalga
oshiriladi.
О‘simliklarning amal davrida qumning ma’qul namligi TNSning 60-70; issiq
ob-havo sharoitlarida 75% ini tashkil etishi lozim.
Sug‘orishlarni tashkil etishni quyidagi misol asosida tushuntirishga harakat
qilamiz. Qumning namligi 25%, tuproq namligi TNSning 70% i miqdorida bо‘lishi
rejalashtirilgan. Bundan о‘simliklarning amal davri davomida qum namligi
(25·70): 100 = 17,5% bо‘lishi lozimligi anglashiladi. U holda har bir idishga
quyiladigan suv miqdori (g) quyidagi parametrlar yig‘indisidan iborat bо‘ladi:
24