Page 29 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 29
eriydigan shaklga о‘tadi. Shu sababdan temirni Fe-EDTA yoki Fe-NEDTA
shakllarida qо‘llash tavsiya etiladi.
Suvli muhit tajribalarida oziq aralashmani almashtirib turish muhim tadbir
hisoblanadi. Eritmadagi mavjud oziq moddalar miqdorini о‘simlik talab qiladigan
miqdor bilan taqqoslab, odatda eritma tarkibidagi oziq elementlar 60% atrofida
sarflangandan keyin aralashmani almashtirishga kirishiladi.
Hisob-kitoblar bitta elementtga nisbatan qilinadi, qolgan elementlar shunga
mos ravishda о‘zlashtirilgan bо‘ladi.
Sovuq va salqin sharoitlarda о‘simliklarning oziq elementlarini kam
о‘zlashtirishi ham tadqiqotchi e’tiboridan chetda qolmasligi lozim.
Suvli muhit tajribalarida oziq aralashmalarga muntazam ravishda havo kiritib
turiladi. Havo kiritish muddati ekin turiga bog‘liq ravishda 1-3 soat, bir kecha
kunduzda esa 3-6 soatni tashkil etadi. Beriladigan havo barcha idishlarga bir
tekisda tarqalishi va har bir soniyada 2-3 ta pufakcha chiqib turishiga erishish
maqsadga muvofiqdir.
Barcha idishlarga havoning bir tekisda tarqalishi idishlarga g‘ilof
kiydirilmasdan oldin sozlab olinadi. Idishlarga о‘rnatiladigan shisha naychalar
rezina yoki kauchuk ichaklar va tarqatgich (troynik)lar yordamida bir-biriga
birlashtiriladi va ular kompressor yoki rezervuarga ulanadi.
1-rasm. Suvli muhit ekinlari ustida о‘tkaziladigan tajriba chizgisi
29