Page 33 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 33
tabiiyki, bunday sharoitda qaysi ikkita omil о‘zaro ta’sirlamayotganligini aniqlash
qiyni bо‘ladi. Yakkalab oziqlantirish usulida esa о‘simlikning ildiz tizimi 2 yoki
bir nechta tutamga ajratiladi va har bir tutam turli tarkibdagi oziq aralashmalari
bilan oziqlantiriladi. Ildiz tizimining muayyan tutami tomonidan yutilgan oziq
elementlar о‘simlikning barcha organlariga tarqaladi. Masalan, kaliyli tuzlar
fiziologik nordonlik xususiyatiga ega, lekin Sa(NO 3) 2 azot manbai bо‘lgan oziq
aralashmada uning fiziologik ishqoriyligi kaliyli tuzlarning fiziologik nordonligini
niqoblaydi.
Oziq aralashmadan kaliyli tuzlarni chiqarib tashlash va uni alohida idishda
о‘simlikka berish yо‘li bilan о‘simlikning mazkur tuzga munosabatini о‘rganish
mumkin.
Yakkalab oziqlantirish usulining mohiyati shundaki, unda о‘simliklar bir
vaqtinig о‘zida ikkita substratda о‘stiriladi.
3-rasm. Yakkalab oziqlantirish usuli (chizgi).
Buning uchun turli diametrli ikkita idish olinadi. Kichik idish (1) kattasining
(2) ichiga о‘rnatiladi (3-rasm). Idishlarga tegishli oziq aralashmalar quyiladi va
ularga о‘simlik ildizining alohida tutamlari tushiriladi.
Yakkalab oziqlantirish usuli substrat turiga qarab suvli, qumli, suvli-qumli,
suvli-tuproqli va qumli-tuproqli bо‘lishi mumkin.
33