Page 37 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 37
konsentratsiyasi va pH ini о‘zgartirmasligi, о‘zidan о‘simliklar uchun zararli
moddalar ajratmasligi, granulalarining kattaligi 3-10 mm dan oshmasligi shart.
Eng yaxshi substrat sifatida shag‘al (2-20 mm), granit va boshqa magmatik
jinslar graviysi (3-15 mm), vulqon tufi va torf shlaklarini kо‘rsatish mumkin
(…rangli rasm).
Har qanday qattiq substrat о‘zining kimyoviy va mineralogik tarkibi bilan
oziq aralashmasining tarkibiga u yoki bu darajada ta’sir kо‘rsatadi. Ayni ta’sir
doirasini aniqlash uchun Petri kosachalariga maydalangan substrat solinadi va
ularda ekinlarning urug‘i undiriladi.
Substratning yaroqliligi aniqlangandan keyin ular yaxshilab saralanadi va 20-
30 sm qalinlikda lotok yoki boshqa moslamalarga ma’lum nishablikda yoyib
chiqiladi.
Oziq aralashma tarkibidagi fosforning shimilishini oldini olish uchun substrat
о‘simliklarni о‘tqazishdan oldin bir kecha-kunduz davomida superfosfatning 1-2%
li eritmasiga bо‘ktiriladi va keyin yaxshilab chayib tashlanadi.
Oziq aralashmalar tarkibida 150-200 mg/l dan ortiq Cl tutmagan vodoprovod
suvida tayyorlanadi. Kalsiy(SaO)ning ma’qul miqdori 150-300 mg/l ni tashkil
etadi. Oziq aralashmaning yalpi konsentratsiyasi 0,2% (2,0 g/l) dan oshib
ketmasligi va uning pH i о‘simliklar uchun ma’qul chegarada (5,0-6,0) bо‘lishi
talab etiladi. Mо‘tadil yoki kuchsiz ishqoriy eritmalar nitrat yoki fosfat kislotalar
yordamida nordonlashtiriladi. Oziq aralashmalar konsentratsiyasi о‘simliklar amal
davrining boshida me’yordagidan ancha past qilib olinadi, elementlarga talab
kuchaygan davrda esa sezilarli darajada oshiriladi. Aralashmalar tarkibidagi
elementlarning nisbati hamma vaqt о‘simliklar talabini tо‘la qondirishi lozim.
Gidroponikada qо‘llash uchun tadqiqotchilar tomonidan turli-tuman retseptlar
tavsiya etilgan. Masalan, Geler retsepti bо‘yicha 1000 l vodoprovod suvida 1000 g
kaliyli selitra, 750 g superfosfat, 500 g magniy sulfat, 15 g temir limonit, 2 g
marganets sulfat, 1 g dan mis va rux sulfat tuzlari, 2 g bura eritilishi lozim. Ayni
retsept bо‘yicha tayyorlanadigan oziq aralashma qish paytida 150 mg/l N, 150 mg/l
37