Page 35 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 35

yaratilgan. Usul keyinchalik (1952) M.V.Fedorov tomonidan mukammallashtirilib,

                  о‘simliklar  me’yorida  о‘sib-rivojlanishi  uchun  ularning  ildiz  tizimi  sterillangan

                  muhitda,  yer  usti  organlari  esa  sterillanmagan  muhitda  bо‘lishi  lozimligi

                  aniqlangan (4-rasm).





























                                 4-rasm. Sterillangan muhitda о‘tkaziladigan vegetatsiya
                                                          tajribasi (chizgi).
                        Hozirgi  kunda  о‘simliklar  oziq  elementlarni  faqat  mineral  shaklda

                  о‘zlashtirishi  tо‘g‘risidagi  masala  uzil-kesil  hal  etilgan.  Lekin  о‘simliklarga

                  tashqaridan  kiritiladigan  auksin  va  gibberelliklar  kabi  tabiiy  hamda  sintetik

                  vositalar, vitamin va о‘stiruvchi moddalar shuningdek, fitonsid va antibiotiklarning

                  ahamiyati faqat sterillangan muhit tajribalari asosida aniqlanadi.

                        Ildiz  rivojlanadigan  muhitni  sterillashda  idishlar  va  oziq  aralashmalar

                  avtoklavda, qaynoq suv bug‘i bilan 1,0 - 1,5 kg/sm (10-15 MPa) bosimda ishlanadi.

                        Shisha  idishlar  va  qumni  ikki  soat  davomida  150 S  da  qizdirish  asosida
                                                                                    0
                                                                      0
                  sterillash mumkin. Oziq aralashmalar esa 100 S gacha qizdiriladi va bir necha kun
                  xona  haroratida  saqlanadi.  Polietilendan  tayyorlangan  idishlar  va  boshqa  issiqqa

                  chidamsiz  jihozlar  20  soat  davomida  xlorli  ohakda  saqlanadi,  sо‘ngra  50%  li

                  metanol va distillangan suv bilan chayiladi.

                        Urug‘lar  turli  preparatlar  bilan  sterillanadi,  lekin  albatta  sterillangan

                  distillangan  suv  bilan  chayiladi.  Sterillash  oldidan  urug‘lar  96%  li  etil  spirtga



                                                               35
   30   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40