Page 36 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 36

botirib qо‘yilsa, yuzasi yog‘sizlanib, yaxshi bо‘kishi mumkin. Yuzasi qipiq bilan

                  о‘ralgan  urug‘lar  bir  soat  dovomida  30%  li  sulfat  kislotaga  botiriladi,  suv  bilan

                  yuviladi va quritiladi.

                        Urug‘larni sterillashning bir nechta usullari mavjud:

                        1)  12-15  daqiqa  davomida  vodorod  peroksidning  12-15%  li  eritmasiga

                  botirish va quritish;

                        2) 15-20 daqiqa formaldegidning 0,1% li eritmasiga botirish va quritish;

                        3) 5 daqiqa davomida 3 qism 90% li metanol va 1 qism 1% li NgSl 2 dan tarkib

                  topgan eritmada chayqatish va yengil quritib, ekish;

                        4)  45  daqiqa  davomida  filtratda  (10  g  Sa(OSl) 2  yoki  NaOCl  150  ml  suvda

                  eritish va filtrlash.

                        Sterillangan       muhitdagi       tajribalar      yakunlangach,        eritmalarning

                  sterillanganganligi yana bir bor mikrobiologik testlar yordamida tekshiriladi.



                                                         1.8. Gidroponika

                        Ekinlarni tuproqsiz muhitda, sun’iy inshootlarda yetishtirish- gidroponika deb

                  yuritiladi.  Bu  usul  ilmiy-tadqiqot  ishlaridan  tashqari  donli,  texnikaviy,  sabzavot,

                  dorivor ekinlarni yetishtirish va gulchilikda borgan sari keng qо‘llanilmoqda.


                        Gidroponikaning uchta tipi farqlanadi:
                          Ekinlarni qattiq, nam sig‘imi kichik bо‘lgan, inert substratlarda, vaqti-


                  vaqti bilan oziq aralashma berish asosida yetishtirish;
                          О‘simlik  ildizlarini  maxsus  idishlarga  tо‘ldirilgan  oziq  aralashmaga


                  tushirib yetishtirish- asl gidroponika;
                          О‘simliklar ildizini davriy ravishda oziq aralashma purkalib turiladigan


                  nam havoli muhitga joylashtirib yetishtirish - aeroponika.

                        Qattiq  substratli  gidroponika.  Bu  usul  juda  keng  tarqalgan  bо‘lib,  unda

                  substratni  tanlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Ishlatiladigan  substrat  inertlik

                  xususiyatiga      ega     bо‘lishi,    ya’ni    oziq     aralashmadagi       elementlarning





                                                               36
   31   32   33   34   35   36   37   38   39   40   41