Page 38 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 38

P 2O 5 va 450 mg/l K 2O tutsa, bahor va yoz paytida (apreldan boshlab) azot dozasi

                  225  mg/l  ga  qadar  oshiriladi.  Aralashma  tarkibidagi  azot,  fosfor  va  kaliyning

                  miqdori bir oyda bir marta, pH i esa har haftada tekshirib boriladi.

                        Hosil  tо‘plash  davrida,  tahlil  natijalarini  kutib  о‘tirmasdan  о‘simlik  turiga

                  bog‘liq  ravishda  NPK  dozasi  har  haftada  quyidagi  miqdorda (g/о‘simlik)  oshirib

                  boriladi:

                                        bodring -  N - 3,5;  R 2O 5 - 3,0;  K 2O - 7,5;

                                        pomidor - N - 1,0;  R 2O 5 - 1,3;  K 2O - 2,5;

                                        salat     - N - 0,17;R 2O 5 -0,2; K 2O - 0,42.

                        Bu  tadbirni  tez  va  soz  о‘tkazish  uchun  yuqori  konsentratsiyali  eritma

                  tayyorlanadi va uni suyultirib, zarur konsentratsiyaga keltiriladi.

                        V.A.Chesnokov tavsiyasi bо‘yicha 1000 l suvda 500 g             kaliyli selitra, 550 g

                  qо‘sh superfosfat, 300 g magniy sulfat, 200 g ammiakli selitra, 6 l temir xlorid,

                  0,72 g bо‘rat kislota, 0,02 g  mis sulfat, 0,45 g marganets sulfat, 0,06 g rux sulfat,

                  0,5  g  -  kaliy  iodid  eritiladi.  Oziq  aralashmaning  tarkibini  tekshirish  va  tuzatish

                  haftada bir marta amalga oshiriladi.

                        Agar oziq aralashmadan uzoq muddat foydalanishga tо‘g‘ri kelsa, har 1-1,5

                  oyda  u  yangilanadi  va  bu  paytda  о‘simliklar  1-2  kun  davomida  «suv  bilan


                  oziqlantiriladi». Substrat har yili yaxshilab dezinfeksiya va regeneratsiya qilinsa,
                  oziq  aralashmani  almashtirmasa  ham  bо‘ladi.  Dezinfeksiya-hosil  yig‘ishtirib


                  olingandan  keyin  ildiz  qoldiqlarini  yо‘qotish  va  substratni  har  yili  bir  marta,  3
                  kecha - kunduz davomida 5% li formalin yoki boshqa zaharli kimyoviy moddalar


                  bilan  ishlash  hamda  4-5  marta  iliq  suv  bilan  yuvishdir.  Regeneratsiyada  esa
                  substrat ildiz qoldiqlaridan tozalanadi va ildizning chirishi jarayonida hosil bо‘lgan


                  mahsulotlarni oksidlash uchun 2 kecha-kunduz davomida nitrat kislotaning 3% li

                  eritmasi bilan bо‘ktiriladi. 2-3 marta suv bilan chayilgandan keyin 2 kecha-kunduz

                  davomida  vodorod  peroksidning  0,3%  li  eritmasi  bilan  ishlanadi  hamda

                  alyuminiyning faol ionlarini bog‘lash uchun superfosfatli sо‘rim (200 mg/l P 2O 5)

                  bilan ikki marta yuviladi.


                                                               38
   33   34   35   36   37   38   39   40   41   42   43