Page 42 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 42
aerogidrolitik muhitli agregatoponika (yuqorida bayon qilingan
gidroponika usullarining yaxshi tomonlarini о‘zida mujassamlashtiradi);
pilikli agregatoponika (о‘simliklarga suv va eritma kapillyarlar orqali
kо‘tariladigan gidrofil plenkalarda о‘stiriladi).
Plastoponika - о‘simliklarni о‘zida oziq moddalarni mujassamlashtirgan yoki
ularni oziq aralashmalardan shimib oladigan gidrofil va fiziologik mо‘tadil
penoplastlarda yetishtirish usuli. Bu usulda quyidagi kamchilik va nuqsonlar
mavjud:
a) pH va tuzlar konsentratsiyasining tez о‘zgarishi;
b) eritmaning ildiz ajratmalar bilan ifloslanishi;
v) har 2-3 haftada oziq aralashmalarni tо‘la almashtirish va h.k.
1.9. Radioaktiv izotoplarni qо‘llash.
Radioaktiv va muqobil izotoplarni qullash о‘simliklarning mineral oziqlanishi
о‘rganishda keng qо‘llanilmoqda. A.V.Sokolov о‘z shogirdlari bilan ayni usulni
qо‘llash asosida о‘g‘it va tuproq tarkibidan oziq elementlarning о‘zlashtirilish
koeffitsiyentlarini aniqladi va turli о‘g‘itlar tarkibidagi oziq elementlarning
о‘simliklar о‘zlashtirishi uchun molikligini qiyosiy baholash usullarini ishlab
chiqdi.
Radioaktiv izotoplar bilan о‘tkaziladigan tajribalar ekinlarni ildizi yoki bargi
orqali oziqlapntirish, о‘simlik organlari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni aniqlash
imkonini beradi. Izotoplar bilan amalga oshiriladigan tajribalavr о‘simlik
organlarida jadal kechadigan jarayonlarni о‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Izotoplar bilan amalga oshiriladigan vegetatsiya tajribalari о‘ziga xos
xususiyatlarga ega bо‘lib, ular tadqiqotchining sog‘ligi va hayotiga xavf solmasligi
lozim.
Radioaktiv elementlar bilan о‘tkaziladigan vegetatsiya tajribalarida izotop
dozasini tо‘g‘ri tanlashga katta e’tibor beriladi. Yuqori dozada olingan radioaktiv
moddalar о‘simliklarning rivojlanishiga, tabiiyki, tajribaning aniqligiga salbiy
42