Page 43 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 43
ta’sir kо‘rsatadi. Element dozasi juda kichik bо‘lsa, tajribaning oxiriga kelib, uning
о‘simlik tarkibidagi miqdorini va turli organlardagi taqsimotini ilg‘ab olish
qiyinlashadi.
Tadqiqotlarda imkoni boricha kichik dozadagi radioaktiv izotoplar bilan
ishlashga harakat qilish kerak.
Qumli va suvli muhit tajribalarida radioaktiv izotop dozalarining zararli ta’siri
tuproqli muhitda о‘tkaziladigan tajribalardagiga nisbatan hamma vaqt yuqori
bо‘ladi. Fosforning parchalanishi sezilar-sezilmas bо‘lgan qisqa muddatli
tajribalarda 5-10 mkkyuri/idish doza bilan chegaralanish mumkin.
Tajriba maqsadidan kelib chiqib, ayrim tajribalarda, masalan, izotopning
о‘simlik tana qismlarida taqsimlanishini aniqlashda, izotoplar dozasi sezilarli
darajada oshiriladi.
Kо‘pincha nishonlangan birikmalar yoki о‘g‘itlar bilan ish kо‘riladi. Bunda
elemenetning asosiy qismi muqobil izotopdan iborat bо‘lib, radioaktiv element
«nishon» yoki kuzatish ob’yekti sifatida qо‘shiladi.
1.10. Izotoplar haqida tushuncha. Muqobil va radioaktiv izotoplar.
Ma’lum bir element atomlari turli massaga ega bо‘lishi ma’lum. Masalan,
hozirgi kunda massa soni 39, 40, 42, ...49 ga teng kalsiy, massa soni 29, 30, 31
bо‘lgan fosfor mavjudligi aniqlangan. Lekin kalsiyning massa soni 39-49 ga teng
atomlari bir xil kimyoviy xossalarni namoyon qiladi va Mendeleyev davriy
jadvalida bitta о‘ringa joylashadi. Ularni bir-biridan farqlash uchun izotoplar degan
ibora ishlatiladi (isos - bir xil, о‘xshash, topos - joy). Shunday qilib, kalsiy 10 ta
(39, 40, 42 .. 49) fosfor 6 ta, yod 15 ta izotopga ega. Hozirgi kunda barcha
elementlarning izotopi mavjudligi aniqlangan.
Izotoplar yadrosidagi protonlar soni uning davriy jadvaldagi tartib raqamiga
mos keladi. Izotoplar asosan neytronlar soni bilan bir-biridan farq qiladi.
Izotoplar muqobil va radioaktiv izotoplarga bо‘linadi. Muqobil izotoplarning
yadrosida hech qanaqa о‘zgarish sodir bо‘lmaydi va u doimiy bо‘lib qolaveradi.
43