Page 47 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 47
kimyoviy tahlil qilishning barchasi birinchi navbatda о‘g‘itsiz variantdan
boshlanib, keyin radioaktiv modda dozasining ortib borishi tartibida ish kо‘riladi.
32
Radioaktiv fosfor ( 15R ) tuproq tarkibidagi eriydigan va о‘simliklar
tomonidan о‘zlashtiriladigan fosfatlar miqdorini aniqlashda ham yaxshi natija
beradi.
Bilimingizni sinab kо‘ring
1. Vegetatsiya tajribasining «Oquvchi eritmalar» usulini amalga oshirish
texnikasini tushintiring.
2. «Oquvchi eritmalar» usuli odatdagi suvli va qumli muhit tajribalaridan
nimasi bilan farq qiladi?
3. О‘simliklarni «yakkalab oziqlantirsh» usuli qanday maqsadlarda
qо‘llaniladi?
4. Sterillangan muhitda о‘tkaziladigan tajribalarning о‘ziga xos tomonlarini
bayon qiling.
5. Gidroponika nima?
6. Aeroponika, plastoponika va agregatoponika usullari tо‘g‘risida
tushunchaga egamisiz?
7. Agrokimyoviy tadqiqotlarda izotoplarning qaysi turlari kо‘proq ishlatiladi
va ularning ustunliklari nimalarda namoyon bо‘ladi?
8. Tadqiqotlarda izotoplarni «qayd etish» (ob’yektdagi miqdorini aniqlash)
qanday amalga oshiriladi?
32
15
9. N va P izotoplarini о‘simliklarning azot va fosfor bilan oziqlanishini
о‘rganishda tutgan о‘rnini izohlang.
10. Nishonlangan azot va fosfor izotoplari kiritilgan birikmalar bilan
ishlashda amal qilinadigan xavfsizlik choralarini bilasizmi?
1.13. Tuproqli muhitda amalga oshiriladigan vegetatsiya
tajribalari
Bu usul о‘simliklarning о‘g‘itga bо‘lgan talabini tezkor aniqlash usuli sifatida
ham qо‘llanilishi mumkin.
47