Page 31 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 31

13.  Suvli  muhit  tajribalarida  nihollarni  idishlarga  о‘tqazish  texnikasini

                  bilasizmi?

                        14. Suvli muhit tajribalarida idishlarga havo nima uchun kiritiladi va u qanday

                  amalga oshiriladi?

                          15. Suvli muhit tajribalarida oziq aralashmalarni yangilash qanday amalga

                  oshiriladi?

                                                  1.5. Oquvchan eritmalar usuli

                        Bu  usulni  birinchi  bor  I.G.Dikusar  о‘simliklarning  ammoniy  va  nitrat

                  shakldagi  azot  bilan  oziqlanishi  masalasini  о‘rganishda,  qandlavlagi  va

                  makkajо‘xori ustida о‘tkazilgan tajribalarda qо‘llagan.

                        Bu usul idishlarga beriladigan oziq aralashma tarkibining doimiyligini saqlash

                  va  о‘simliklar  rivojlanishining  turli  davrlarida  oziq  elementlar  nisbatiga

                  о‘zgartirishlar  kiritish  imkonini  beradi.  Undan  tashqari  bu  usul  yordamida,

                  tajribaning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda, oziq aralashma tarkibini

                  о‘zgartirish, undan bironta elementni chiqarib tashlash yoki bir nechta elementni

                  kiritish mumkin.

                        Ayni usulda qо‘llaniladigan moslama 2-rasmda kо‘rsatilgan.
































                        Moslama maxsus vagonetkalarga о‘rnatiladi. Uning yuqori tokchasiga zahira

                  oziq aralashma tо‘ldirilgan 16 l sig‘imli butil (1) о‘rnatiladi. Sifon (2) yordamida

                                                               31
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36