Page 30 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 30
a - idish qopqog‘ining yuqoridan kо‘rinishi; b- yondan kо‘rinishi; v - о‘simlik
о‘tqazilgan idishlarning joylashtirilishi; g - havo yuborish nayi; d - havoni bir tekis
taqsimlovchi g‘ovak shisha plastinka.
Idishlarga bir xil miqdorda havo kirishiga rezina ichakka о‘rnatilgan
qisqichlarni sozlash asosida erishiladi (1-rasm).
Hosilni yig‘ishtirish va hisob-kitob qilishda qumli muhit tajribalaridagi kabi
yо‘l tutiladi.
Bilimingizni sinab kо‘ring
1. Qumli muhit tajribalarida agrokimyoning qanaqa masalalari hal etiladi?
Suvli muhit tajribalarida-chi?
2. Qumli va suvli muhit tajribalari bir-biridan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
3. Oziq aralashmasi nima?
4. Oziq aralashmalar oldiga qanday talablar qо‘yiladi?
5. G‘о‘za ustida amalga oshiriladigan vegetatsiya tajribalarida qaysi oziq
aralashmasi ishlatiladi?
6. XX-asrning boshlarida tayyorlangan oziq aralashmalar hozirgilardan nimasi
bilan farqlanadi?
7. Oziq aralashmalardagi kationlar nisbatini qaysi element muvozanatga solib
turadi?
8. Qumli muhit tajribalarida muhit pH ini barqarorlashtirish uchun qanday
tadbir ishlatiladi? Suvli muhit tajribalarida-chi?
9. Qumli va suvli muhit tajribalarida keng qо‘llaniladigan oziq aralashmalar
nomini ayting.
10. Qumli muhit tajribalarida ishlatiladigan qumni tozalash usullarini
bilasizmi?
11. Tajribada о‘ta toza qum ishlatish lozim bо‘lsa, Siz qanday yо‘l tutasiz?
12. Qumli va tuproqli muhit vegetatsiya tajribalarida nihollarni о‘tqazish
usulini bayon qiling.
30