Page 25 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 25
tortilgan idish massasi 1650 g
idishdagi quruq qum massasi 6000 g
suv massasi (17,5 · 6000) = 1050 1050 g
sinchning og‘irligi 100 g
idishning sug‘orish paytidagi massasi 8800 g
Oziq elementlar idishning yuqori yoki pastki qismida tо‘planib qolmasligi
uchun sug‘orishni 4-5 marta nay orqali, 1-2 marta tuproq yuzasidan amalga
oshirish maqsadga muvofiq. Idishlarga bir paytning о‘zida ham yuqoridan, ham
nay orqali pastdan suv quyish ta’qiqlanadi, chunki bunda idishning о‘rta qismidagi
tuproq kapillyarlari oralarida havo «qamalib qoladi» va shu qatlamning namlanishi
qiyinlashadi.
Sug‘orish oldidan har bir variantdagi 3-4 ta idishning massasi tortiladi,
kamaygan namlikning о‘rtacha qiymati aniqlanadi va barcha idishlarga shuncha
miqdorda suv quyiladi.
Suvli muhit
Suvli muhitda vegetatsiya tajribalarini о‘tkazish uchun quyidagi material va
jihozlar talab etiladi: plastmassa yoki shishadan tayyorlangan idishlar (keng
bо‘g‘izli banka yoki ballonlar), ularni о‘rash uchun qalin materialdan
tayyorlanadigan qо‘sh qavatli g‘iloflar, analitik tarozi, yog‘och (pо‘kak)dan
tayyorlangan, о‘simliklarni joylashtirish uchun teshikchalar ochilgan qopqoqlar,
oziq aralashmalar uchun butillar, kimyoviy toza tuzlar, о‘lchov stakanlari va
silindrlari, pipetkalar, oziq aralashmasiga havo kiritish uchun kompressor, urug‘lar
va ularni undirib olish uchun kyuvetalar va termostat, parafin, pH metr,
sinch(karkas).
Suvli muhitda о‘tkaziladigan tajribalar amal davri davomida oziq
aralashmaning 2-3 marta tо‘la almashtirish jarayonida о‘simliklarni vaqtincha
boshqa idishga о‘tkazilishi bilan qumli va tuproqli muhit tajribalaridan farq qilai.
25